Ser Aleks Fergyuson - shifokorlarning muhimligi haqida: "Ikki yil oldin ular mening hayotimni qutqarib qolishgan"
12 apr 2020 13:41
Yangiliklar
Ser Aleks Fergyuson - shifokorlarning muhimligi haqida: "Ikki yil oldin ular mening hayotimni qutqarib qolishgan"
"Manchester Yunayted" va futbol tarixidagi afsonaviy murabbiylardan biri Ser Aleks Fergyuson 2018 yili miyasiga qon quyilgan davri qanday o'tganini esladi.
"Odamlar shifokorlarning qanchalik darajada muhim ekanligini tushunib etishayotganidan xursandman. 2 yil oldin mening hayotimni qutqarib qolishganida shifokorlarning biz uchun kerakli inson ekanligini his qilganman. Britaniyada koronavirusga qarshi kurashish yaxshi ketyapti, odamlar ham bir maqsad yo'lida birlashishgan. Bu ajoyib!", - dedi Fergyuson.
Ser Aleks 1986-2013 yillar davomida "Yunayted" bilan 38 sovringa ega chiqqan.
O’xshash yangiliklar
11:39
"Real" keyingi yozda "Manchester Siti" etakchisini sotib olish uchun barcha imkoniyatni ishga soladi 11
Fikrlar