"Sent-Eten" Malkomni ijaraga olishni xohlamoqda
08 iyu 2019 17:51
Yangiliklar


"Sent-Eten" Malkomni ijaraga olishni xohlamoqda
"Barselona" yarim himoyachisi Malkom Franciya klubi qiziqishlari doirasiga kirib qoldi.
"Sent-Eten" Kataloniya klubi bilan Malkomning ijarasi masalasida aloqaga chiqqan.
Bu muloqot o'tgan hafta "Barselona" o'yinchisi Serxi Palensiyaning "Sent-Eten"ga o'tishi paytida sodir bo'lgan.
22 yoshli Malkom yakunlangan mavsum La Ligada 15ta o'yin o'tkazib, 1ta gol urishga erishgan.
Eslatib o'tamiz, forvard kataloniyaliklar tarkibiga "Bordo" klubidan kelib qo'shilgan edi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar