So’nggi yangiliklar

12:27"Ливерпуль" Жотанинг оиласига футболчи билан шартнома бўйича тўлиқ суммани тўлаб беради  3 12:00Лунин қарор қилди  1 11:28МЮ ва "Арсенал" товон пули 85 млн евро бўлган "Интер" футболчисига қизиқмоқда  0 11:02Жасур Абдураимов Биринчи лига жамоаси бош мураббийига айланди  4 10:20"Истанбул Башакшехир" Шомуродовнинг трансфери учун қанча сарфлаши маълум  9 09:48"Насаф" қизиқаётган Ратиньонинг товон пули маълум  9 09:23"Сурхон" етакчиларидан бири иккинчи даврани "Динамо"да ўтказади  2 08:52Эшитдик-да. Ўзбекистон МТЖнинг яна бир аъзоси "Пахтакор"да  9 08:25Ўзбекистон МТЖнинг собиқ аъзоси Эрон клубига ўтишга яқин  4 07:57Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Челси" ва "Палмейрас" ўртасидаги баҳс якунланди  17 07:44Суперлига. Бугун 15-тур давом эттирилади  3 07:15Дориевнинг дубли "Сўғдиёна"га "Қўқон-1912" устидан ғалаба тақдим этди, "Сурхон" - "Бухоро" баҳсида эса мухлислар гол кўришмади  1 02:10Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Флуминенсе" "Ал Ҳилол"ни мағлуб қилиб, ярим финалга йўл олди!  41 01:50Кайл Уокер "Бернли"га ўтишга яқин  2 01:23"Комо" 19 ёшли ҳужумчи учун 14 миллион тўлади  0

“Sening shodliging uchun, Bolajon” xayriya tadbiri o'tkazildi Yangiliklar

“Sening shodliging uchun, Bolajon” xayriya tadbiri o'tkazildi

Xabaringiz bor, 2016 yil muxtaram yurtboshimiz tomonidan “Sog'lom ona va bola yili” deb elon qilindi.

Ushbu davlat dasturiga ko'ra yurtimizda keng ko'lamli ishlar olib borilmoqda. SHu jumladan “O'zbekiston Temir Yo'llari" Akciyadorlik Jamiyati va “Lokomotiv” futbol klubi ham o'zining kichik hissani qo'shish maqsadida bir qator tadbirlarni rejalashtirgan.



Yuqorida aytib o'tilgan dasturga muvofiq ravishda “Lokomotiv” futbol klubi hamda “Zarqand“ savdo belgisi “1 iyun - Halqaro bolalarni himoya qilish kuni” munosabati bilan poytaxtimizda joylashgan 25-maxsus Daunizm va Autizm sindromi bilan davolanayotgan maktab o'quvchilariga quvonch ulashish maqsadida “Sening shodliging uchun, Bolajon” xayriya tadbiri o'tkazildi. Ushbu tadbirga binoan 25 maktabda bolajonlarimizni bayram bilan tabriklash maqsadida“Lokomotiv” raxbariyati, klub futbolchilari, “Zarqand“ savdo belgisi va maktab o'quvchilari o'rtasida futbol uchrashuvi tashkil etildi.


Ushbu xayriya tadbirida dastlab bolajonlar bilan davra suxbati o'tkazildi. Dastlab “temiryo'lchilar” sardori Temur Kopadze bolalarni bayram bilan tabrikladi va ularga futbolga qanday kirib kelgani haqida so'zlab berdi. O'z navbatida tadbirimiz hamkori “Zarqand“ savdo belgisi kompaniyasi direktori Azizov Abduhamid ham so'zga chiqib barcha bolalarni kompaniya nomidan tabrikladi. SHundan so'ng “Lokomotiv” futbol klubi bosh direktor o'rinbosari To'labek Akramov, “Zarqand“ savdo belgisi kompaniyasi direktori Azizov Abduhamid va “Lokomotiv” futbolchilar bolalarga o'z sovg'alarini ulashdilar.



Bu tadbir o'z nihoyasiga etgach barcha maktab futbol maydonchasiga chiqdi va maktab o'vuchilari va “Lokomotiv” futbolchilari o'rtasida futbol uchrashuvi tashkil etildi. Uchrashuv yakunlangach futbolchilarimiz maktab o'quvchilariga o'z maxoratlarini namoyish etdilar.



Futbol uchrashuvi yakunlangach maktab raxbariyati, ota-onalar va o'quvchilar “O'zbekiston Temir Yo'llari” Akcionerlik kompaniyasi, “Lokomotiv” futbol klubi raxbariyati, klub futbolchilari va “Zarqand“ savdo belgisi jamoasiga omad tiladilar.



O'zbek xalqi azaldan bolajon xalq. Bizning kelajagimiz bo'lmish bolajonlarni har tomonlama qo'llab-quvvatlash xalqimizning eng ajoyib fazilatlaridan biri. “Lokomotiv” futbol klubi va Zarqand“ savdo belgisi yana bir ko'plab bu kabi quvonchli onlarni bolajonlarimiz bilan o'tkazishni rejalashtirib oldi. Zero, bunday tadbirlardan maqsad farzandlarimizni kelajakda Vatanimiz sharafini himoya qiladigan, bayrog'ini halqaro maydonlarda yuqoriga ko'taradigan insonlar bo'lib etishishida oz bo'lsa ham xizmat qiladi.


Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика