“Sening shodliging uchun, Bolajon”!
01 iyu 2016 18:36
Yangiliklar
“Sening shodliging uchun, Bolajon”!
Ushbu davlat dasturiga ko'ra yurtimizda keng ko'lamli ishlar olib borilmoqda. SHu jumladan, “O'zbekiston Temir yo'llari" akciyadorlik jamiyati va “Lokomotiv” futbol klubi ham o'zining kichik hissasini qo'shish maqsadida bir qator tadbirlarni rejalashtirgan.
Yuqorida aytib o'tilgan dasturga muvofiq “Lokomotiv” futbol klubi hamda “Zarqand“ savdo belgisi tomonidan “1 iyun - Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni” munosabati bilan poytaxtimizda joylashgan 25-maxsus Daunizm va Autizm sindromi bilan davolanayotgan maktab o'quvchilariga quvonch ulashish maqsadida “Sening shodliging uchun, Bolajon” xayriya tadbiri o'tkaziladi. Ushbu tadbirga binoan 2 iyun, 12:00da 25-maktabda “Lokomotiv” futbolchilari, “Zarqand“ savdo belgisi vakillari va maktab o'quvchilari o'rtasida futbol uchrashuvi tashkil etiladi.
Tadbir 12:00da boshlanadi. Barcha futbol muxlislarini ushbu xayriya tadbirida bolajonlarni qo'llab-quvvatlashga taklif etamiz.
Manzil: Yakkasaroy tumani, SHota Rustaveli, 17.
Fikrlar