"Seni sindirib tashlaymiz, yo'qotadigan hech nimamiz yo'q". Xoylund San-Marino futbolchilarining harakatlari haqida gapirdi
19 okt 2023 00:10
Yangiliklar
"Seni sindirib tashlaymiz, yo'qotadigan hech nimamiz yo'q". Xoylund San-Marino futbolchilarining harakatlari haqida gapirdi
"Manchester Yunayted" klubi va Daniya termasi hujumchisi Rasmus Xoylund Evro-2024 saralashidan o'rin olgan San-Marinoga qarshi o'yinda raqib himoyachilari o'zini juda yomon tutgani, uni jarohatlashga intilishgani haqida gapirdi.
"Keyingi harakatni kut. Seni sindirib tashlaymiz. Bizni yo'qotadigan hech nimamiz yo'q. Bu gaplarni menga ular aytishdi. Hakam italyan tilini tushunmasdi, uni ayblay olmayman. Bir necha o'yinchilar meni yonimga kelib, har xil yomon so'zlarni aytishdi. Ular meni itarib yuborishar, zarbalar berishardi. SHu sabab ham gol urganimda men boshqacha nishonladim va o'z bayrog'imni ko'z-ko'z qildim. Ular buni hazm qila olishmadi, men esa etibor bermaslikka harakat qildim.
Bu o'ta hurmatsizlik. Ular borgan sari qo'pollashib boraverishdi. Men esa indamay davom etaverardim. Oxirida ular yangi bosqichga chiqishdi, chunki yo'qotadigan hech narsa yo'q. SHu tariqa, San-Marino futbolchilari kimningdir faoliyatiga nuqta qo'yishga erishishlari mumkin edi", -deydi Rasmus Xoylund.
Fikrlar