Semedu karantin qoidalarini buzdi
11 iyu 2020 08:26
Yangiliklar
Semedu karantin qoidalarini buzdi
26 yoshli portugaliyalik futbolchi dushanba kuni 20 nafardan ortiq odamlar bo'lgan tug'ilgan kun tadbirida ishtirok etgan, deya xabar bermoqda Diario Sport. Barselona provinciyasining Kasteldefels shaharchasida tashkil etilgan tadbirda futbolchiva tadbirning barcha ishtirokchilarda niqob bo'lmagan va ijtimoiy masofa saqlanmagan.
SHu tariqa Semedu Ispaniya hukumati va La Liga rahbariyati tavsiyasiga amal qilmagan. Mamlakat hukumati 15 kishidan ortiq odamlar qatnashadigan tadbirlarni bekor qilishga chaqirgan bo'lsa, La Liga rahbariyati futbolchilardan o'zi bilan birga yashaydigan yaqinlari bilan ham kamroq muloqotda bo'lish lozimligini takidlagan.
Kataloniya klubi vakilining Ispaniya futbol federaciyasiga malum qilishicha, klub futbolchining ushbu tadbirga borishidan bexabar bo'lgan. “Barselona” vakillari ushbu masalani klub ichida hal qilish niyatida.
Fikrlar