"Selta" to'purarlaridan biri "Al-SHabab"ga ijaraga yo'l oldi. Bu sud jazosidan qutilishning o'ziga xos usulimi?
25 avg 2022 15:08
Yangiliklar
"Selta" to'purarlaridan biri "Al-SHabab"ga ijaraga yo'l oldi. Bu sud jazosidan qutilishning o'ziga xos usulimi?
"Selta" hujumchisi Santi Mina Saudiya chempionatiga yo'l oldi.
Kelishuv 2023 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.
Futbolchining Saudiya Arabistoniga yo'l olishi hozirda davom etayotgan futbolchi ishtirokidagi sud ishi bilan ham bog'liq bo'lishi mumkin. Bahorda Santiga ayollar bilan bog'liq muammo sababli 4 yil qamoq jazosi tayinlangandi. Biroq futbolchi apellyaciya shikoyati bergan.
"Football Espana"ning xabariga ko'ra, saudiyaliklarda qaror o'z kuchida qolsa ham, futbolchini Ispaniyaga qaytarish borasida kelishuvi yo'q. SHunday qilib, futbolchi sud ishida omadsizlikka uchrasa ham jazodan qutilib qolishi mumkin.
Fikrlar