So’nggi yangiliklar

19:46Расман: "Боруссия Дортмунд" Максимилиан Байер билан шартнома имзолади  0 19:24Луис Диас "Манчестер Сити" билан беш йиллик шартнома борасида келишиб қўйди  0 18:58Ана холос! "Атлетико Мадрид" Нголо Кантени Европага қайтармоқчи   1 18:35Музаффар Олимжонов: "Кейинги учрашувларда ҳам шу темпда давом этишимиз керак"   1 18:14"Челси" фақатгина ушбу трансфер ойнасида 156,3 млн (!) фунт стерлинг сарфлади  4 17:52Месси "Интер Майами"нинг қолган футболчиларидан алоҳида шуғулланмоқда  1 17:30Расман: Аарон Ван-Биссака "Вест Хэм" билан 7 (!) йиллик шартнома имзолади  2 17:15"Реал" футболчилари УЕФА Суперкубоги ўтказиладиган Варшавага ҳашаматли кўринишда келишди  11 16:55ОКМК - "Навбаҳор" учрашувидан ГАЛЕРЕЯ  1 16:35Футзал бўйича Жаҳон чемпионати чипталари сотуви старт олди  1 16:23Элдор Шомуродов учун қийин танлов. Ҳамма гап 1,6 миллиард долларга қурилган стадионда  9 16:10Легионер мураббий, "Насаф" посбони ва "Металлург" ҳимоячиси — Суперлигада 15-турнинг энг яхшилари  3 16:00ПРО-Лига. 16-тур расмийлари эълон қилинди  1 15:429 нафар гол урган футболчи — Суперлига 15-тур рамзий терма жамоаси  2 15:19"Лестер" Бундеслига чемпионини ўз сафига қўшиб олишга яқин  2

Seid Seidov: "Oliy ligada o'yinlar sonini oshirish shart" Yangiliklar

Seid Seidov: "Oliy ligada o'yinlar sonini oshirish shart"

Buxoro - Olmaliq (2:1) uchrashuvidan so'ng mezbonlar ustozi Seid Yusupovich Seidov jurnalistlar savollariga javob qaytardi.
“Bugungi o'yinning hisobidan qoniqish hosil qildim xolos. Jamoamning o'yini meni qoniqtirgani yo'q. Men umuman futbolchilarga tushunmayapman, vaziyatlar bo'lyapti, lekin foydalanish yo'q. “Mashal”ga qarshi o'ynaganimizda futbolchilarda har qalay harakat bor edi, ishtiyoq bor edi. Bugun uyda o'ynayapmiz harakat ham yo'q ishtiyoq ham. Menimcha bu ruhiy muammo bo'lsa kerak” - deb gap boshladi Seidov.

- Ikkinchi bo'limda bir yo'la uch futbolchini almashtirib qo'ya qoldiz...
- Ha almashtirdim,ularning harakati menga yoqmadi. Futbolchi degan bosh murabbiyning ko'rsatmalarini gap-so'zsiz bajarishi shart, u qanday buyuk futbolchi bo'lishidan qatiy nazar, lekin men bu erda buyuk futbolchini ko'rayotganim yo'q.

- Bugun tribunalardan Anvar Rajabovga nisbatdan ko'p shikoyatlar eshitildi...

- Rajabov haqida umuman gapim yo'q. Uning eski o'yinlari, ”Bunyodkor” tarkibida o'ynagan paytlardagi o'yini bilan bugungisi orasida osmon va erchalik farq bor. Ha, u harakat qilyapti, yuguryapti,men u harakat qilmayapti deya olmayman, lekin vazifani amalga oshirish nolga teng.

Bugungi o'yinda yoshlar yomon harakat qilishmadi, to'g'ri ko'p xatolarni vujudga keltirishyapti, lekin harakat bor va shu ikki golda shu yoshlar xissasi katta bo'ldi deyish mumkin, ular bo'lmaganda shuni ham urolmas edik.

- “Buxoro” qolgan uch o'yinda bir ochko olsa, ligada qolish vazifasi deyarli bajariladi...
- Agar biz bir ochko ilinjida maydonga tushsak, shu ochkoni ham qo'lga kiritmasligimiz mumkin. SHu sababli biz har bir uchrashuvda maydonga uch ochko uchun tushamiz, vazifani bajargan taqdirda ham biz faqat g'alaba uchun maydonga tushaverardik.

- “Buxoro”ni yana uchta o'yin kutib turibdi, raqiblar ham jiddiy “Lokomotiv, ”Paxtakor”  va “Dinamo” sizningcha jamoa necha ochko jamg'ara oladi bu o'yinlarda?
- Endi hammamiz yosh bola emasmiz, hamma tushunib turibti, bu raqiblar orasida faqat “Dinamo” bizning tengimiz va biz faqat shu jamoa bilan jiddiy “jang” qilishimiz mumkin. Yana bir variant bor, bu “Loko”ning Buxoroga qanday tarkibda etib kelishidir. Hozir ular chempionlikdan deyarli mahrum bo'lishdi va bor etiborlarini kubok finaliga qaratishar, shunda bizga qarshi qandaydir eksperemental tarkib, aralash tarkib bilan kelishlari va bizga qandaydir imkoniyat berishlari mumkindir, agar ular asosiy tarkib bilan tashrif buyursalar, bizga albatta juda qiyin bo'ladi. Biz qanaqadir imkonitlarga qarab turmasdan, o'zimiz o'ynashimiz kerak.

Agar oliy ligada qolish vazifasini bajarib bo'lganimizda, men allaqachon yoshlarga imkon berib, ular bilan ishlashni boshlagan bo'lar edim. SHu yoshlarni kelasi mavsumga tayyorlashni shu zahotiyoq boshlab yuborar edim, lekin yoshlar stabil o'yin namoish etishmaydi va hozirgi qaltis vaziyatda ularni tushurib katta tavakkal qilish to'g'ri emas. Mana bugun yosh futbolchi Kochnevni maydonga tushurdik, uning oyoqlari tomiri tortishib qolyapti, bu nimadan dalolat beradi? U bunaqa o'yinlarga hali tayyor emas.

- Umid Boqiev, SHukur Jumaboev, Otabek Isroilov, SHerzod SHaripov nega ko'rinmayapti?
- Biz ularni jamoadan chetlatdik. Sababini ular juda yaxshi bilishadi.

- Balki ularni mavsum so'nggiga qadar olib qolish kerak edi? Har qalay ularning ham bola-chaqasi bor...
- Men o'zim futbolchi bo'lganman, tushunaman ular oila boqishi kerak, lekin nega biz ular oilasini boqishlari uchun bosh qotirishimiz kerak? Nega ular o'zlari bu haqida o'ylashmaydi? Nega qolgan futbolchilar mashg'ulotlarda borini berib shug'ullanishadi, kerak bo'lsa oilam deb og'riqlar bilan bo'lsa-da, ukol bilan bo'lsa-da maydonda harakat qilishga tayyor bo'lishadi? Meni kechirasizlaru, lekin ikki haftalab, oylab sportda, xususan futbolda betob bo'lish,bu nima degan gap? Jarohatlar tufayli bo'lishi mumkin, lekin ha deb shamollash yoki boshqa bahonalar bilan mashg'ulotlarni o'tkazib yuborish yaxshi emas.

Futbolda bitta mashg'ulotni o'tkazib yuborsa yomon, ikkita mashg'ulotda qatnashilmasa bu juda yomon, uchtasi bu fojea! Endi ikki haftalab,oylab mashg'ulotlarga kelmay,mukofot puli ishlab olishga imkoniyat paydo bo'lganda, yani  o'yin kuni paydo bo'lib, men o'yinga tayyorman deyish to'g'rimi? SHuning uchun birinchi navbatda ular o'zlari oilasi uchun qayg'ursin, men ular uchun qayg'urmayman.

- Endi mavzudan chetga chiqsak, chempionat yakunlanib bormoqda. Ko'pchilik muxlislar oliy liga formatini o'zgartirish taklifi bilan chiqishyapti, sizning bu haqda mutaxasis sifatida fikringiz qanday?

- Ular to'g'ri aytishyapti. Oliy ligada jamoalar soni juda kam, sonini oshirish kerak, hech bo'lmaganda 16-18 taga etkazish kerak. Yana bir masala, Evropadagi kuchli chempionatlarda chempionat milliy terma jamoalar o'yinlaridan qatiy nazar to'xtatilmaydi. Bu pauzalardan klublar jabr ko'rishyapti, axir jamoani bir xil sport formada ushlab turish juda ham qiyin. Biz mashg'ulotlarga zo'r berib, bitta o'yinni o'tkazamiz,undan keyin ikki haftalik pauza,bu pauzada nima qilib yuramiz rasmiy o'yinlarsiz? Misol jamoa zayavkasidan 40-42 futbolchi o'tyapti, terma jamoaga 2-3 tasi jalb etilsa, qolgan 35-40 ta futbolchi bundan jabr ko'rishi kerakmi?

Menda yana bir jiddiy taklif bor, bu yoshlar ligasi musobaqasi to'g'risida. Rossiyaga o'xshab o'rinbosarlar asosiy o'yindan bir kun keyin o'ynashsa maqsadga muvofiq bo'lar edi. Sababini tushuntiraman, asosiy tarkibda maydonga tushmagan futbolchilar kelasi kuni o'rinbosarlar tarkibida maydonga tushadi. Hozir bizda nima qilinyapti, o'rinbosarlar tarkibidan bazi futbolchilarni asosiy o'yinga asrab qolish maqsadida ushlab qolyapmiz. Asosiy tarkib o'ynaganda vaziyat shunday bo'lib qoladi-ki, o'sha futbolchi zaxiradan maydonga tushurilmaydi, chunki o'yinchi almashtirish o'yin taktikasidan kelib chiqib amalga oshiriladi. Natijada nima bo'lyapti, o'sha futbolchi na o'rinbosarlar tarkibida, na asosiy tarkibda maydonga tushmaydi, buning ustiga orada yana ikki haftalik pauza yuzaga kelsa, tasavvur qiling futbolchining o'yin amaliyoti nima bo'ladi? Esdan chiqarmaslik kerak, futbolchi uchun eng yaxshi mashg'ulot bu rasmiy o'yin.

Har yil bitta mavzu ko'tariladi,jamoalar sonini oshirish kerak, oshirish kerak, lekin bu narsa qilinmayapti. To'g'ri, sifatsiz jamoalarni ko'paytirishni xohlamayotgandirlar, lekin bir nima qilish kerak, o'yinlar sonini oshirish kerak” - deya o'z fikrlarini yakunladi Seidov.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика