Saydullo Tursunov: Biz to'p tepganda stadionga 45 mingdan ortiq ishqibozlar tashrif buyurishardi
08 noy 2016 11:36
Yangiliklar
Saydullo Tursunov: Biz to'p tepganda stadionga 45 mingdan ortiq ishqibozlar tashrif buyurishardi
Saydullo Tursunov nomi yurtimiz futbol ishqibozlariga yaxshi tanish. Oliy ligada futbolchilik faoliyatini “Paxtakor” jamoasida boshlab, “Navbahor”da davom ettirgan charm to'p ustasi qisqa muddatli namanganlik muxlislarning sevimli futbolchisiga aylandi.
Uning maydondagi roli raqib hujumini qaytarish bo'lsada, jamoasining hujumlarida ham faol ishtirok etib, “Navbahor”ning g'alabali odimlariga katta hissa qo'shdi. CHap qanot himoyasida harakat qilib, nafaqat raqib hujumini “buzishda”, balki jamoasining hujumlarini tashkil etishda faol qatnashgan qahramonimi keyinchalik milliy terma jamoa safida ham bir qator o'yinlarni o'tkazishga ulgurdi. Ayni paytda u “Lokomotiv” jamoasiga qarashli futbol maktabda bolajonlarga futbol sir asrorlarini o'rgatib kelmoqda. Murabbiylar uchun belgilangan “S” licenziyasiga ega. Saydullo aka bilan intervyu uyushtirish maqsadida poytaxtimizdagi Sebzor dahasida joylashgan futbol maydoniga tashrif buyurganimda, shogirdlari bilan mashg'ulotlar navbatdagi mashg'ulotlarni boshlash arafasida turgan ekan. Bir soatdan oshiqroq davom etgan jarayon yakunlangach, Saydullo aka savollarimga batafsil javob qaytardi.
-Futbol men uchun hayotimning mazmuniga aylanib ulgurgan desam, mubolaga bo'lmaydi, -deydi S.Tursunov. – 2004 yilda professional futboldagi faoliyatimga yakun yasagan bo'lsamda, biroz muddat tirikchilik tashvishlari bilan boshqa sohalarda o'zimni sinab ko'rdim. Lekin millionlar o'yiniga bo'lgan muhabbat meni baribir o'ziga chorladi. SHu sabab mana uch yildan buyon “Lokomotiv” futbol maktabida 2005 yillarda tug'ilgan yosh futbolchilariga murabbiylik qilib kelmoqdaman.
-Maydonda 22 kishi futbol o'ynaydi. SHular orasidan yaqqol ajralib turish va muxlislarning yoqimtoyiga aylanish ularning har biriga ham nasib etmaydi. Sizni esa bu borada omadingiz chopgan. Bunga qanday erishgansiz?
-Eng avvalo Alloh bergan qobiliyat bo'ladi har bir insonda. Men bolalik paytimda shu sport turi bilan jiddiy qiziqqanman. El etirofidagi futbolchi bo'lish uchun esa astoydil mehnat qilinishi lozimligini tushungaman va shunga harakat qilgaman. Mashg'ulotlarda astoydil ter to'kib, murabbiylar ko'rsatmasini bekamu ko'st bajarishga uringanman. Muvaffaqiyatimning sabablari shu.
-Professional faoliyatingizni “Paxtakor” tarkibida boshlab, keyinchalik butun to futbolni tugatguningizga qadar “Navbahor” libosida harakat qildingiz. Vaholanki, o'sha paytlarda “Paxtakor”da to'p tepishni har bir o'zbekistonlik futbolchining orzusi bo'lgan...
-“Paxtakor”da uch yil to'p tepib, jamoa bilan chempionlikka ham erishganmiz. Keyinchalik mamlakatimiz mustaqillikka erishib, tug'ilib o'sgan viloyatimning bosh jamoasi “Navbahor”dan taklif tushgach, ikkilanmay shu variantda to'xtalganman. O'sha paytlarda “Navbahor” haqiqatan ham O'zbekistonning eng kuchli jamoalaridan biri hisoblanardi. Jamoada ham jamoa uchun borini beradigan yigitlar to'plangan edi. Faoliyatim yakuniga qadar “Navbahor” bilan O'zbekiston chempionati va kubogida, ilk marta o'tkazilgan O'zbekiston superkubogi bahslarida bosh sovrinni qo'lga kiritganman. To'g'ri, namanganda tep tepib yurgan paytlarimda mamlakatning ko'pkarra chempioni “Neftchi”, shuningdek, Rossiyaning “SHinnik” jamoasidan takliflar bo'lgandi. Ammo o'sha paytda “Navbahor”da meni hamma narsa qoniqtirgan. SHu sababli boshqa jamoada to'p tepishdan mano ko'rmaganman.
-O'zbekiston milliy terma jamoasi tarkibida 8 ta uchrashuvda maydonga tushgan ekansiz. Mamlakat bosh jamoasidan muntazam chaqiruv olmaganligingiz sababi nimada? Yoki bu chiziqda o'ynaydigan chiziqda raqobat kuchlimidi?
- Ochig'ini aytishim kerak, o'sha paytda terma jamoaga qiziqish ko'pchilikda u qadar kuchli bo'lmagan. Hozirda har qanday o'zbekistonlik futbolchi milliy terma jamoa libosini keyishni orzu qiladi. Qolaversa, hozir terma jamoa azosi nafaqat o'z imkoniyatini namoyish etib, kuchli chempionatga yo'l olishi, balki moddiy tomondan yaxshigina qo'llab qo'vvatlanmoqda.
-Bugungi MTJga qanday baho berasiz?
-Fikrimcha, ayni paytda terma jamoaga bugun kunda O'zbekistonning eng kuchli futbolchilari jamlanishgan. Natijalar ham shunga mos ravishda bo'lmoqda. Ilgari bu bosqichda hech qachon to'rtta bahsdan 9 ochko olmaganmiz. SHu sabab agar Janubiy Koreya bilan bo'ladigan o'yinda ijobiy natija qo'lga kiritiladigan bo'lsa, Rossiya-2018 sari juda katta qadam tashlanishi mumkin.
-Siz to'p tepgan qanotda bugungi kundagi yurtimiz futbolchilaridan eng yaxshisi sifatida deb kimni ko'rsata olasiz?
-Bu qanotda hozirda Denisovga teng keladigan yo'q. Terma jamoada ham chap qanot himoyasida Vitaliy juda yaxshi o'yin ko'rsatmoqda. Afsuski, oliy liga klublarida uning o'rnini bosadigan futbolchini ko'rmadim. CHap qanot himoyasida iqtidorli, shiddatkor futbolchilar yo'q hisobi.
-Ko'p yillab siz to'p tepgan “Navbahor” jamoasining bugungi holati haqida nima deya olasiz? Jamoa bu yil o'z tarixida oliy ligadagi eng yomon mavsumni o'tkazmoqda...
-Albatta jamoa natijalariga befarq emasman. Haqiqatan ham bu mavsum jamoa uchun o'ta omadsiz kechdi. Qolgan uchta turda ham jamoa g'alaba qozonish imkoniyati juda pas. Bir yilning o'zida to'rt marta bosh murabbiy almashganidan keyin, jamoadan qanday qilib yuqori natijani talab qilish mumkin?! Bitta murabbiy tayinlandimi, unga kamida ikki uch yil imkon berilishi shart. Murabbiylarni qo'lqopdek alishtirish foyda bermasligi “Navbahor” misolida yaqqol ko'rinib qoldi. Masalan, o'tgan yili Ashurmatovga yana imkon berishganida bu yil boshqacha jamoa tayyorlab, natijalarni yaxshilashiga umid qilsa bo'lardi. Murabbiylarning qo'nimsizligi oxir oqibat natijalarga salbiy tasir qilishi rahbariyat uchun yaxshigina saboq bo'lsa kerak deb o'ylayman.
-Yaqin yaqingacha “Navbahor” uyinlariga 20 mingdan oshiq muxlislar jamoani bevosita maydondan kuzatardi. Bugun kundan ularning yarmi ham stadionga tushmayapti. Bu holat oliy liga o'yinlariga qiziqish pasayganidanmi yoki “Navbahor”ni salbiy natijalari tufayli ro'y bermoqdami?
-Namanganda muxlislar juda talabchan. Baribir natija birinchi o'rinda turadi. Agar jamoa yaxshi o'ynab, chiroyli o'yin ko'rsatsa, muxlislar stadionga qaytadi. “Navbahor” doim muxlislar uchun o'ynab kelgan. Biz to'p tepgan paytlarda aksariyat o'yinlarda 45 minggacha muxlis tashrif buyurardi.
-Professional faoliyatingizga nuqta qo'yganingizga 10 yildan oshibdi. Xayrlashuv uchrashuvini ham o'tkazganizni bilamiz. Umuman o'sha tarkibdagi futbolchilar bilan hoziram aloqalar saqlanib qolganmi?
-Anvar Soliev bilan hozirgacha aka-ukamiz. Xayrulla Karimov bilan ham yaxshi munosabatdaman. Qolaversa Alisher Bozorov, Aleksandr Xvostunov, Abdumajid Toirov, Sergey Lushan bilan faxriylar jamoasida to'p tepib turamiz.
Saydullo Tursunovning Oliy ligadagi natijalari:
1992 Paxtakor - chempion (kubok finalchisi)
1993 Navbahor - bronza 3ta gol
1994 Navbahor - bronza 2ta gol
1995 Navbahor - bronza 1ta gol (kubok sohibi)
1996 Navbahor - chempion 3ta gol
1997 Navbahor - bronza 5ta gol
1998 Navbahor - bronza 1ta gol (kubok sohibi)
1999 Navbahor - bronza 5ta gol
2000 Navbahor - 6-o'rin 2ta gol
2001 Navbahor - 4-o'rin 4ta gol
2002 Navbahor - 6-o'rin 4ta gol
2003 Navbahor - bronza
Aziz NURIY suhbatlashdi.

Fikrlar