So’nggi yangiliklar

22:17"Реал" УЕФА Суперкубоги учун бошланғич таркибини эълон қилди. Мбаппе асосий таркибда!  0 22:08Анвар Бердиев: "Ютишимиз ҳам, ютқазишимиз ҳам мумкин эди"  1 21:52Ҳаким Фузайлов: "Бугун икки очко йўқотдик"  0 21:30Сильванус Нимели расман янги клубга ўтди  0 21:10"Футбол олами". "Насаф" "Пахтакор"ни ОКМК "Навбаҳор"ни мағлуб этди — Суперлиганинг 15-тури ҳақида барчаси  1 21:07ПСЖ деярли 60 млн евролик трансферни амалга оширмоқда  1 20:59Про-лига. "Хоразм" - "Шўртан" учрашувида ғолиб аниқланмади  1 20:4235 ёшли хавбек "Барса"га ўтиши мумкин?!  6 20:10"Рома" Шомуродовнинг рақобатчисини бошқа клубга юбормоқда  5 19:55Про-лига. "Дўстлик" "Олимпик Mobiuz" устидан ғалаба қозонди  1 19:35"Ал Қодисия" навбатдаги юлдуз футболчи билан келишувга эришди  7 19:15Olamsport: Баҳодир Жалолов ўзидан кейинги чемпион номини айтди, яна бир ўзбек спортчиси UFC билан шартнома имзолади  0 18:31Суперлига. 16-тур ўйинларини бошқариб борадиган ҳакамлар маълум  3 17:56"Атлетико" тўхтамаяпти, улар энди "Барселона" футболчиси билан келишиб олишди  4 17:14Равшан Эрматовга ҳамдардлик билдирамиз  16

Saydullo Rahmatov: “Nasaf”da o'ynash ko'plab futbolchilarning orzusi bo'lsa kerak” Yangiliklar

Saydullo Rahmatov: “Nasaf”da o'ynash ko'plab futbolchilarning orzusi bo'lsa kerak”

Mavsum boshida Qarshining “Nasaf” klubi O'zbekiston Superkubogi uchun bahsda “Paxtakor” klubini mag'lub etgandi. O'sha bahsda “ajdarlar” safida Saydullo Rahmatov debyut qilgandi.

CHap qanot himoyasida o'ynagan futbolchi mavsumni ajoyib tarzda boshlay oldi. Uning ishonchli harakatlari tufayli Ro'ziqul Berdiev chernogoriyalik legioner Deyan Bolevichni maydonga tushirishga shoshilayotgani yo'q. “Paxtakor” bilan o'yindan so'ng murabbiy Rahmatov chap qanot himoyasida yaxshi o'ynayotgani uchun Bolevich o'z imkoniyatini kutishga majbur deb aytib o'tdi. Biz o'tgan yil “So'g'diyona”da o'ynagan futbolchi bilan suhbatlashishga qaror qildik.

- 1992 yil 17 may kuni Marg'ilon shahrida tug'ilganman, - deb gap boshladi Saydullo Rahmatov. Yoshligimdanoq futbolga qiziqish bo'lgan. Barcha bolalar kabi mahallada to'p tepar edik. Futbolchi bo'lib etishishimda akamning xissasi juda katta bo'lgan. Akam o'z vaqtida ikkinchi liga klublarida futbol o'ynagan, keyin esa boshqa sohaga o'tib ketgan. Aynan akam 2-sinfda o'qiyotgan paytimda “Atlaschi” stadioniga olib borgan. U erdagi futbol maktabida Tohir Tojiboev qo'l ostida millionlar o'yinining ilk saboqlarini olganman. Futbol o'ynashni aynan shu odamdan o'rganganman desam mubolag'a bo'lmaydi.

Tohir akaning qo'l ostida to'rt yil shug'ullandim, keyinroq menga SHuhrat Homidov va Murodil Abdurazzoqov murabbiylik qildi. Bu murabbiy qo'l ostida ikkinchi liga jamolarida, Respublika chempionatlarida qatnashib yurdim. 2009 yilda Yuriy Vazgenovich boshqaruvidagi “Neftchi” jamoasiga o'tganman. Bu klubga o'tishimda SHuhrat aka va Murodil akaning xizmatlari katta edi. Farg'ona klubida asosan o'rinbosarlar tarkibida o'ynaganman.



- O'z vaqtida Marg'ilonning “Atlaschi” klubi oliy ligada o'ynardi. Lekin so'nggi yillarda Marg'ilon klubi xatto birinchi ligadayam yo'q?
- Buning sababi menga qorong'u. Menimcha Marg'ilonda futbol klubi yo'qligi avvalo moliyaviy sababga borib taqalsa kerak. Lekin bu diyorda qobiliyatli, kelajagi bor bo'lgan yoshlar juda ko'p. Agar shahrimizda futbolga etibor qaratilsa, kelajakda terma jamoalarda o'ynaydigan futbolchilar etishib chiqishi mumkin.

- “Neftchi” asosiy tarkibiga kira olmagansiz. Bunga nima sabab bo'lgan sizningcha?
- Menimcha bunga hali oliy ligada o'ynashga tayyor emasligim sabab bo'lgan. Bundan tashqari “Neftchi” tarkibida o'sha paytda juda tajribali va kuchli futbolchilar o'ynardi. 2014 yilgi mavsumda oliy ligada 3ta o'yinda maydonga tushgandim. 2015 yil boshida Davron Fayziev Jizzaxning “So'g'diyona” klubiga taklif qildi. O'ylab ko'rib ushbu taklifni qabul qilganman.

- Davron Fayziev haqida qanday fikrlar bildira olasiz?
- Davron Fayziev o'z vaqtida juda zo'r futbolchi bo'lgan. Ularning terma jamoadagi o'yinlarini tomosha qilardim. Hozirda Jizzax futbolini rivojlantirishda mehnatini ayamay yosh futbolchilarga imkoniyat yaratib jonkuyarlik bilan ish olib bormoqda. Fayzievni kelajagi porloq murabbiy deb bilaman. Oliy ligada o'ynab ketishimga va tajriba to'plashimda aynan shu insonning mehnati bor. Davron akadan juda minnatdorman. “So'g'diyona”ni tark etgan bo'lsam ham murabbiy bilan aloqani uzganim yo'q. Hamon menga o'z maslahatlarini berib turadilar. SHu fursatdan foydalanib men bilan birga ishlagan barcha murabbiylarga minnatdorchilik bildirib o'tmoqchiman.

- “Nasaf”dan kim taklif bilan chiqdi?
- 2016 yilgi mavsum oldidan Qarshining “Nasaf” klubi bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev menga jamoada o'zimni sinab ko'rishni taklif qildi. To'g'risi bu taklif men uchun kutilmaganda sodir bo'ldi. Yig'inlarda muvaffaqiyatli qatnashib jamoa bilan shartnoma tuzdim. Jamoaga kelganimda boshida ancha qiynaldim. Sal tortinchoqligim tufayli shunday bo'ldi. Hozir esa barchasi zo'r, futbolchilar va xodimlar bilan aka-ukadekmiz.



- “Ajdarlar” sovrin yutishga ham ulgurdingiz...
- Ha, “Nasaf” safidagi birinchi o'yinimdayoq O'zbekiston Superkubogini qo'lga kiritdik. Bu g'alaba chempionat va OCHL oldidan kayfiyatimizda ancha ko'tarib yubordi. O'sha kuni ajoyib hissiyotlarni boshdan kechirgandim. Mamlakat Superkubogini qo'lga kiritish faxrlansa arziydigan ish deb o'ylayman.

- “So'g'diyona”da ko'pincha yarim himoyada o'ynardingiz. “Nasaf”da esa chap qanot himoyasida o'ynayapsiz. Qiyinchilik bo'lmayaptimi?
- “So'g'diyona”da ham chap qanot himoyasida o'ynaganman. Bazi o'yinlarda esa chap qanot yarim himoyasida ham harakat qilganman. Himoyada o'ynash qiyin emas, lekin kamchiliklarim bor. O'z ustimda ishlashda davom etayapman.

- Faoliyatingizda ilk bor OCHLda o'ynayapsiz. Musobaqa haqida qanday fikrdasiz?
- Osiyo chempionlar ligasida o'ynash baxti nasib qilganidan xursandman. Bu musobaqada barcha mamlakatlarning eng kuchli klublari va chempionlari o'ynashadi. SHunday ekan musobaqa saviyasi juda yuqori. OCHLdagi o'yinlarda saviya butkul boshqacha bo'ladi. Raqiblarga qarshi o'ynash doim og'ir o'tadi. Arab klublarida individual kuchli legionerlar juda ko'p. Lekin shunday bo'lsa ham O'zbekiston klublarining ulardan kam joyi yo'q deb hisoblayman.

- Bu yilgi mavsumda “Nasaf”ning maqsadi qanday?
- Jamoamizning maqsadi milliy chempionatda eng yuqori o'rinlardan birini egallash va O'zbekiston kubogini o'zida saqlab qolish. Osiyo chempionlar ligasida esa hozir vaziyatga real qarasak chiroyli o'yin ko'rsatib guruhdan chiqish.

- Sizningcha “So'g'diyona”ning qaysi futbolchisi siz kabi OCHLda o'ynaydigan klubda o'ynab keta oladi?
- Imkoniyat berilsa “So'g'diyona” safida kelajagi bor yoshlar OCHLda o'zini ko'rsatadigan o'yinchilar bor. SHu bois aynan mana bu futbolchi deb ayta olmayman. Davron Fayziev yoshlarni oliy ligada o'ynata oladilar.

- Superkubokni yutdingiz, OCHLda o'ynayapsiz... yulduzlik kasaliga chalinib qolmaysizmi?
- Albatta “Nasaf”dek jamoada o'ynash ko'plab futbolchilarning orzusi bo'lsa kerak. Jamoa safida tajribali futbolchilar va kuchli murabbiy bor. Klubdagi hech kim yulduz bo'lib ketmagan. O'zim ham ulardan o'rnak olayapman. Qolaversa uch-to'rtta o'yin o'ynab, gol urib yulduz bo'lish noto'g'ri narsa deb o'ylayman. Haqiqiy yulduz bo'lish juda ko'p mehnat qilish kerak.



- Ro'ziqul Berdiev qanday murabbiy ekan?
- Ro'ziqul Berdiev O'zbekistonda va Osiyoda taniqli murabbiy hisoblanadi. O'z ishiga jonkuyar, talabchan inson deb bilaman. Bu murabbiydan ko'p narsa o'rganyapman.

- Yaqinda JCH-2018 saralashi 3-bosqichiga qura tashlandi. Terma jamoamizning mundialga chiqish imkoniyatlari qanday baholaysiz?
- Jahon chempionatiga chiqish butun O'zbekiston xalqining orzusi hisoblanadi. Qurada u qadar kuchli bo'lmagan jamoalar tushdi. Lekin bu oson bo'ladi degani emas. Sababi raqiblar ham Jahon chempionatiga chiqishni istaydi. Nasib qilsa bu safar albatta mundialga yo'llanma olamiz. Jahon chempionati yo'lida mehnat qilayotgan barcha-barchaga omad tilab qolaman.

- Xorijda qaysi klub va terma jamoaning o'yinlari yoqadi.
- Madridning “Real” klubiga muxlislik qilaman. Terma jamoalar orasida? O'zbekiston milliy terma jamoasining ashaddiy muxlisiman.

- Yoshlikda qaysi futbolchining o'yiniga havas qilgansiz?
- Kichkinaligimda o'zim hujum chizig'ida o'ynardim. SHu bois angliyalik Maykl Oven va Devid Bekxemga havas qilardim. O'zimizdan esa Akmal aka Xolmatovning o'yinlarini maroq bilan kuzatardim.

- Saydullo Rahmatovning orzusi nima?
- Orzularim juda ko'p. Bularga erishish uchun sabr va ko'p mehnat qilish talab etiladi. Hayotda ota-onam, yaqinlarim bilan yaxshi hayot kechirish. Futbolchilik faoliyatimda esa milliy terma jamoada o'ynash. Kelajakda esa Evropa klublarida to'p tepishni orzu qilaman.


Narzulla Saydullaev suhbatlashdi

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика