Saydullo Rahmatov “Nasaf”da
22 jan 2016 08:45
Yangiliklar


Saydullo Rahmatov “Nasaf”da
O'tgan yili “So'g'diyona” sharafini himoya qilgan futbolchi endilikda o'zini boshqa jamoada sinab ko'rmoqchi.
Gap shundaki, Saydullo Rahmatov kuni-kecha “Nasaf” lageriga borib qo'shildi. 24 yoshli futbolchi chap qanot himoyachisi bo'lib, ayni damda “ajdarlar” ko'rigidan o'tmoqda. Agarda uning hatti-xarakatlari Ro'ziqul Berdievga maqul kelsa, shartnoma imzolanishi mumkin.
Malumot uchun Saydullo o'tgan mavsum oliy ligada 20ta uchrashuv (1631 daqiqa) o'tkazgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar