Sautgeyt APLni ayblamoqda
15 okt 2018 11:37
Yangiliklar
Sautgeyt APLni ayblamoqda
Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi Garet Sautgeyt Ispaniyaga qarshi bo'ladigan Millatlar ligasi oldidan jamoadagi muammolar haqida gapirdi.
"APL mavsumni nega buncha erta boshlaganini tushunmadim. Klublar og'ir vaziyatda qolib ketishdi.
Ko'plab jamoalar formasini tiklab olmasdan mavsumni boshlashdi, jarohatlar epidemiyasiga shu tufayli boshlandi. Masalan, "Tottenxem"ning ko'plab futbolchilari JCH-2018 yarim finallarida o'ynashdi. Murabbiylar qiyin vaziyatga tushib qolishdi.
Mundialdan qaytmagunimizcha APL qachon boshlanishiga qiziqmadim. Ular bizni iyun oxirida qaytishimizni reja qilishganmidi?" - deydi Sautgeyt.
Fikrlar