"Sautgempton"ga hech kim Lambert, Osvaldo va SHou bo'yicha taklif bilan kelmadi
10 jan 2014 02:00
Yangiliklar


"Sautgempton"ga hech kim Lambert, Osvaldo va SHou bo'yicha taklif bilan kelmadi
"Sautgempton" bosh murabbiyi Maurisio Pokettinoning aytishicha, Riki Lambert, Pablo Osvaldo va Lyuk SHou bo'yicha hech kim aniq bir taklif bilan kelmagan.
"Men bu erda bir yildan beri ishlayapman. Lambertga boshqa klublar qiziqayotgani haqida avval ham ko'p gapirilgan. SHuning uchun bu masalada ortiqcha havotir olayotganim yo'q. SHou va Osvaldo bo'yicha ham hech kim aniq bir taklif bilan chiqmadi bizga. Umuman olganda, biz bu oyda hech kimni sotish niyatidamasmiz", dedi Pokettino.

Fikrlar