Saul "CHelsi"dagi debyutidan ko'ngli to'lganini aytdi
12 sen 2021 19:40
Yangiliklar
Saul "CHelsi"dagi debyutidan ko'ngli to'lganini aytdi
"CHelsi"ning ispaniyalik yarim himoyachisi Saul Niges "ko'klar" safida "Aston Villa"ga (3:0) qarshi o'tkazgan birinchi o'yini haqidagi taassurotlari bilan o'rtoqlashdi.
"Men bunday debyutni kutmagan edim. Jamoadagi birinchi o'yinim va g'alabamdan juda mamnunman.
Muxlislar bilan to'lib-toshgan "Stemford Brij"ni ko'rish qoyilmaqom bo'ldi", – deb yozdi Saul twitter'da.
Eslatib o'tamiz, Niges asosiy tarkibda maydonga tushdi va bir bo'lim o'ynadi. Jamoa bosh murabbiyi Tomas Tuxel o'yindan so'ng Saul jiddiy xatoga yo'l qo'yganini aytib o'tdi.
Malumot uchun, Saul "Atletiko"dan mavsum oxirigacha ijaraga olingan.
Fikrlar