Saul "Atletiko"ni tark etishi mumkin
31 may 2021 22:20
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/640077_original.jpg)
![](/upload/storage/640077_220.jpg)
Saul "Atletiko"ni tark etishi mumkin
"Atletiko Madrid" yarim himoyachisi Saul Niges yozda klubni tark etishi mumkin
Yakunlangan mavsumda "matraschilar" Ispaniya chempionligini qo'lga kiritdi, ammo bu jamoani koronavirus pandemiyasi tufayli yuzaga kelgan moliyaviy muammolardan xalos qila olmadi. Ushbu vaziyatni bartaraf etish uchun klub asosiy tarkibning bir yoki ikki etakchi o'yinchisini sotishi mumkin.
Daily Mail xabariga ko'ra, yarim himoyachi Saul Niges madridliklarni tark etadigan futbolchilardan biri bo'lishi mumkin. 26 yoshli ispaniyalik futbolchiga qiziqish bildirayotgan "Yuventus", PSJ, "Manchester Yunayted" va "Manchester Siti" klublari kamida 60 million evro to'lashi kerak.
SHunisi etiborga loyiqki, Saul "Atletiko"dagi ajoyib o'yinlariga qaramay, Evro-2020 turnirida Ispaniya terma jamoasiga yordam bera olmaydi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar