Saudiya Arabistonida chempionat tugadi: "Al Nasr" - chempion, "Ohod" tushib ketdi
17 may 2019 14:28
Yangiliklar


Saudiya Arabistonida chempionat tugadi: "Al Nasr" - chempion, "Ohod" tushib ketdi
Saudiya Arabistoni milliy chempionatida navbatdagi mavsum o'z yakuniga etdi.
CHempion nomi oxirgi turga kelibgina aniq bo'ldi. O'z maydonida "Al Batin" klubini qabul qilgan "Al Nasr" 2:1 hisobida g'alabaga erishib, yakunda 70 ochko bilan chempionlikni qo'lga kiritdi. CHempionlik uchun kurashda "Al Hilol" ham oxirigacha bahs olib bordi. Faqat bu jamoa bir ochko kam to'plab ikkinchi o'rinni egalladi.
"Paxtakor"ning OCHLdagi guruhdoshi "Al Ahli" chempionatni 4-o'rinda, "Lokomotiv" bilan bitta guruhdan joy olgan "Al Ittihod" 10-o'rinda tugatdi. Qisqa muddat Ignatiy Nesterov faoliyat olib borgan "Ohod" esa oxirgi o'rin bilan quyi divizionga tushib ketdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar