Saudiya Arabistoni OTJ bosh murabbiyi: "Ikki yil avvalgi musobaqada Vetnamni ham, O'zbekistonni ham mag'lub etganmiz. Etiboringiz uchun rahmat"
23 apr 14:15
Yangiliklar
Saudiya Arabistoni OTJ bosh murabbiyi: "Ikki yil avvalgi musobaqada Vetnamni ham, O'zbekistonni ham mag'lub etganmiz. Etiboringiz uchun rahmat"
Saudiya Arabistoni olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyi Iroqqa qarshi kechgan uchrashuvdan so'ng (1:2) matbuot anjumanida ishtirok etdi
- Janob bosh murabbiy, jamoangiz guruh bosqichni ikkinchi o'rinda yakunladi. CHorak finalda esa "D" guruhi g'olibi bilan to'qnash kelasizlar. "D" guruhida birinchi o'rinni egallashga O'zbekiston va Vetnam jamoalari davogarlik qilmoqda. CHorak finaldagi potencial raqiblaringiz yani shu ikki terma jamoa haqida nimalar deya olasiz? So'ngi Osiyo kubogining finalida O'zbekiston bilan finalda to'qnash kelgan edingizlar?
- Kimga raqib bo'lishimizni ertaga bilib olamiz. Bugun tahmin bildirishning esa foydasi yo'q. O'zbekiston va Vetnam yaxshi o'yin namoyish etishmoqda. Biz bu jamoalarni o'tgan Osiyo kubogida mag'lub etganmiz. Asosiy vazifamiz o'zimizning o'yinimizni yaxshilash. Savolingiz uchun rahmat.
Fikrlar
Япония ёки Корея булганида хам майли эди
Араблардан хар кандай гирромликни кутиш мумкин
Masalan biz Saudiyadan qochib Vetnamga yutqazishni reja qilsak olimpiadani o'ylamay qo'yaveraylik.....
Qanchadir yil ilgari futbolchilarimiz Iroqdan qochaman deb harakat qilganligi va KXDRning komediyasiga sherikchilik qilgani yodimizda......
Bizga yarashmaydi bunday qo'rqoqliklar.....
Ayniqsa bu tarkib bilan.....