Saudiya Arabistoni klublari Parti uchun "Arsenal"ga 40 mln evro to'lashga tayyorlar
21 iyu 2023 22:36
Yangiliklar
Saudiya Arabistoni klublari Parti uchun "Arsenal"ga 40 mln evro to'lashga tayyorlar
Bir necha klublar ushbu summani to'lashga tayyor.
Taniqli insayder Fabricio Romanoning yozishicha, Saudiya Arabistonining bir necha klublari "Arsenal" yarim himoyachisi Tomas Parti uchun 40 mln evro to'lashga tayyorlar. Jamoa nomlari aniq aytilmagan, ammo ular bir nechta.
Futbolchining o'zi esa hali hech qanday qaror qabul qilgani yo'q. Partida Evropa klublaridan ham taklif bor. "Arsenal" bilan shartnomani uzaytirish masalasi ko'rib chiqilmayapti.
Malumot uchun, Parti o'tgan mavsum APLda 33 uchrashuvda 3 ta gol urdi.
Fikrlar