Saudiya Arabistoni chempionatidan o'rin olgan "Al Feyxa" – "Al Ittihod" uchrashuvini germaniyalik hakam boshqaradi
29 sen 2023 17:32
Yangiliklar
Saudiya Arabistoni chempionatidan o'rin olgan "Al Feyxa" – "Al Ittihod" uchrashuvini germaniyalik hakam boshqaradi
Ushbu jamoalar OCHLda "Paxtakor" va OKMK bilan bir guruhdan joy olgan.
Saudiya Arabistoni chempionatining 8-turidan o'rin olgan "Al Feyxa" — "Al Ittihod" uchrashuviga hakamlar tayinlandi.
Mahalliy "Sport 24" nashrining xabariga ko'ra, mazkur bahsni germaniyalik Bastian Dankert boshqarib boradi. O'yin bugun Toshkent vaqti bilan soat 20:00 da start oladi.
Turnir jadvalida "Al Ittihod" 18 ochko bilan peshqadamlik qilayotgan bo'lsa, "Al Feyxa" 9 ochko bilan 9-o'rinda bormoqda.
Eslatib o'tamiz, Osiyo CHempionlar Ligasining guruh bosqichida "Al Feyxa" "Paxtakor" bilan, "Al Ittihod" esa OKMK bilan to'qnash keladi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar