Saudiya Arabistoni bosh murabbiyi: "Biz kundan kunga kuchayyapmiz"
11 may 2018 12:34
Yangiliklar
Saudiya Arabistoni bosh murabbiyi: "Biz kundan kunga kuchayyapmiz"
Arablar yaqinda Afrika vakili Jazoirga qarshi o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazib, 2:0 hisobida g'alaba qozonishdi. O'yinda Salman Al Faraj bilan Yahyo Al SHehri tomonidan kiritilgan gollar saudiyaliklarga g'alaba keltirdi. Qizig'i shundaki, bu o'yinda Saudiya 63 foiz to'pga egalik qildi, biroq raqib darvozasi tomon atigi ikki bor aniq zarba yo'llab, ikkalasi ham golga aylandi.
O'yindan keyin intervyu bergan saudiyaliklar ustozi Xuan Antoni Pizzi jamoasi kundan kunga kuchayayotganini aytib o'tdi:
- "Biz yaxshi o'ynadik. Jamoamizda tartib bor va o'yinchilar o'zlarini xotirjam his qilmoqda. Maydonga tushgach, hamma nima qilish kerakligini biladi. To'g'ri, biz bugun Jazoirning ikkinchi tarkibiga qarshi kurashdik, lekin bu mening muammoim emas. Ular ham Vatan uchun o'ynashdi, shuni unutmaslik lozim. Men uchun natija hozir muhim emas. Asosiysi o'z o'yinimizni ko'rsatsak bo'lgani".
- "Uchrashuvning birinchi bo'limida Jazoir yaxshi harakat qildi. Biroq birinchi to'pni kiritgach, o'zimizga bo'lgan ishonch ortdi. Umuman olganda, o'yin yaxshi kechdi. Endi navbatdagi o'rtoqlik uchrashuvini 15 may kuni Greciyaga qarshi o'tkazamiz".
Fikrlar