So’nggi yangiliklar

15:46"Хоразм" 6 нафар футболчи кетганини эълон қилди  0 15:20"Андижон" "Сурхон" ярим ҳимоячисини қўлга киритди  0 14:52Рафинья фаолиятини якунлаганини маълум қилди  0 14:28"Интер" BYD билан ҳамкорлик қилади  2 14:00Эндрик 18 ёшида уйланди, Холанд Римда дам олмоқда. Футбол юлдузлари ўтган ҳафтани қандай ўтказди?  0 13:53Аббос Файзуллаев тиббий кўрикдан муваффақиятли ўтди  9 13:36Эшитдик-да! "Сўғдиёна" Люпчо Дориевга йирик миқдорда товон пули белгилаган  8 13:10Эшитдик-да! Рустам Турдимуродов "Сурхон"га ўтади  8 12:56"Ньюкасл" ҳимоячисини "Манчестер Сити"га қўйиб юбормоқчи эмас  1 12:31Расман: "Пахтакор" ироқлик ҳимоячи трансферини эълон қилди  4 12:19Манба: Тожикистон собиқ устози Сегрт Ўзбекистон терма жамоаси бошқарувига келиши кутилаётган Лёвга ёрдам бериши мумкин  15 11:54Асрор Алиқулов жамоадан кетгани йўқ — "Машъал"  1 11:34Қирғизистон клуби "Қўқон-1912"ни мағлуб этди  2 11:21"Машъал" андижонлик футболчи билан шартнома имзолади  4 10:50"Нефтчи"ни яна бир тажрибали футболчи тарк этиши мумкин  4

Saudiya Arabistoni bilan o'yindan oldin Azamat Abduraimov: "Ko'p narsa murabbiylar shtabiga bog'liq" Yangiliklar

Saudiya Arabistoni bilan o'yindan oldin Azamat Abduraimov: "Ko'p narsa murabbiylar shtabiga bog'liq"

Saudiya Arabistoni hamda O'zbekiston uchrashuvidan oldidan hammaning fikri turlicha.

Biz esa ekspert fikri rukni orqali Saudiya Arabistoni bilan o'yindan oldin terma jamoamizning imkoniyatlari haqida tajribali mutaxassis, "Yangier" jamoasi bosh murabbiyi Azamat Abduraimovning mulohazalarini tingladik.


Ko'p narsa murabbiylar shtabiga bog'liq

"Ijobiy natijaga umid qilyapman. Bizning yigitlar Saudiya Arabistonini engishga qodir, bunga shubham yo'q. Terma jamoamizda Odil Ahmedov, Jaloliddin Masharipov, Eldor SHomurodov singari etakchilarimiz bor. Men bu yigitlarga ishonaman. Biroq ko'p narsa murabbiylar shtabiga bog'liq. Ular o'yinga qanday taktik reja tanlashadi, himoyada o'yinni qanday yo'lga qo'yishadi shu va boshqa omillar. Sir emaski, Saudiya Arabistoni o'z maydonida juda yaxshi to'p tepadi. Ular istagan jamoani yuta olishlari mumkin. Men ushbu mamlakatda o'ynaganman, nimalarga qodirligidan xabarim bor. Raqib murabbiyi hujumda o'yinni yaxshi qura oladi",- deydi Azamat Abduraimov.



Bunday o'yinlarga ruhiy tayyorgarlik muhim

"Albatta, bunday o'yinlarga ruhiy tayyorgarlik muhim. Raqib Singapur yoki Filippin emas. Maydonda mahoratni yuz foiz ishga solish kerak. O'ylaymanki, futbolchilarimiz butun o'zbek futboli uchun borlarini berishadi. Ularga barcha muxlislik qilayotganini unutishmasligi darkor. Agarda yigitlarning ko'zi yonsa, har bir to'p uchun kurashsa biz kerakli natijaga erisha olamiz. Borinki, maydonda o'zlarini o'ylasa, jamoa emas, yulduzlar to'p tepsa mag'lubiyatga uchrashimiz hech gap emas. Abramov va uning jamoasida vaqt etarlicha bo'ldi. Ular futbolchilarning yuragiga etib boradigan kerakli so'zlarini topishlari lozim. Boshqacha yo'l bilan biz saudiyaliklarni yuta olmaymiz. Maydonda hamma bor kuchini tashlashi zarur.",- deydi Azamat Abduraimov. 

Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика