Sarvar Jo'raev: “Olmaliq”qa o'tishim bu oldinga tashlangan qadam bo'ldi”
20 jan 2014 10:00
Yangiliklar

Sarvar Jo'raev: “Olmaliq”qa o'tishim bu oldinga tashlangan qadam bo'ldi”
“Guliston”ning sobiq futbolchisiga aylangan Sarvar Jo'raev yaqinda “Olmaliq” bilan kelishuvga erishdi.
Bu futbolchi haqida o'quvchilarimizga qisqacha malumot berib o'tadigan bo'lsak, Jo'raev 1986 yili Farg'ona viloyati Bag'dod tumanida tavallud topgan. Futbolga yoshligidan mehr qo'ygan Sarvar o'z omadini sinab ko'rish va millionlar o'yini bilan jiddiy tarzda shug'ullanish uchun 10 yoshidan Toshkentdagi futbol maktab internatining biriga kirishga xarakat qiladi. Ammo voqealar rivoji bugungi suhbatdoshimiz o'ylaganichalik kechmaydi va natijada u CHirchiqdagi futbol maktab internatida o'qish uchun xujjat topshiradi. Aynan ushbu maskanda Jo'raev ko'nim topadi va 17 yoshga to'lganida “Kimyogar” jamoasiga qabul qilinadi. Bu uning professional futboldagi ilk jamoasi edi. Malum muddat CHirchiq jamoasida faoliyat yuritgandan so'ng, keyinroq hattoki futzalda ham o'ynay olishini isbotlagan. “Maksam-CHirchiq”dagi uch yillik faoliyatidan so'ng futbolchi yana katta futbolga qaytadi. Bu borada unga “Guliston” katta yordam beradi. Sarvar shu kunga qadar Jizzaxning “So'g'diyona” jamoasi tarkibida oliy ligada ham ishtirok etgan.
O'tgan yili esa u yana “Guliston”da to'p tepdi. 2014 yildan rasman “Olmaliq” azosiga aylangan himoyachi yaqinda “SA”ga intervyu berib o'tdi.
- Sarvar aka, sizni “Olmaliq” yig'inida ishtirok etib yurganingizni yaxshi bilamiz. Bu klubda qolish masalangiz nima bo'ldi?
- Hammasi ijobiy yakun topdi va men jamoa bilan yaqinda bir yillik shartnoma imzoladim. Endi bor etiborimni “Olmaliq”qa qaratganman.
- Bu erga kelishingiz qanday amalga oshdi?
- Murabbiylar shtabining taklifiga binoan 4 yanvardan jamoaning ikkinchi yig'iniga kelib qo'shilgandim. Xarakatlarim ularga maqul keldi shekilli, 14 yanvar kuni shartnoma taklif qildi. Bu men uchun ham ayni muddao bo'ldi. To'g'ri, oldimda, “So'g'diyona” va “Navbahor”ga o'tish varianti ham bor edi. Lekin “Olmaliq” menga har tomonlama maqul keldi. Qolaversa ayni paytda CHirchiqda istiqomat qilayotganim sababli ham bu men uchun eng to'g'ri tanlov bo'ldi deb hisoblayman.
- Yangi jamoa, yangi muhit, unga moslashish jarayonini qanday o'tkazmoqdasiz?
- Bu erga kelganimda, hammaning bir-biri bilan ahil-inoq ekanligini ko'rib xursand bo'ldim. Aynan shu tufayli ham kirishib ketishim oson bo'ldi. Hech qanday muammo yo'q. Klub menga yoqdi. Aks xolda bitim tuzmasdim.
- Bosh murabbiy Igor SHkvirin va uning jamoasi sizda qanday taassurot qoldirdi?
- Igor Anatolevichning malakali va etuk murabbiy ekanligiga hech kim shubha bildirmasa kerak. Bunday mahoratli murabbiy bilan ishlash har qanday futbolchi uchun ham sharaf, ham foydali. SHartnoma tuzishdan bir kun oldin u kishi bilan gaplashdim, boshlang'ich tarkibda o'ynash hech kimga kafolatlanmaganligini, bunga albatta birinchi o'rinda o'z ustingda ishlab, mexnat orqali erishish mumkinligini takidladi. Jamoaga keladigan bo'lsak, kurashuvchan va mamlakatimizda o'z o'rniga ega bo'lgan klubdir. Uni hattoki medallar uchun kurashadigan klublarn ham xurmat qiladi. Oxirgi yillarda erishayotgan natijalari ham so'zimni isbotlaydi.
- O'tgan yili chempionatni 5-o'rinda yakunlagan bu jamoadan bu mavsumda qanday natija kutsak bo'ladi?
- Menga aytishlaricha “Olmaliq” joriy yil raqiblarini yangi zamonaviy stadionda qabul qiladi va shuning uchun ham faqat yuqori o'rinlarni egallashga davogarlik qiladi. Menimcha 3-o'rinni egallash asosiy vazifa sifatida qo'yilsa kerak.
- SHaxsan o'zingiz yangi mavsum oldidan qanday maqsadlarni ko'zlayapsiz?
- Niyatim “Olmaliq”ning har bir bahsida ishtirok etib, uning foydasi uchun o'z hissamni qo'shish. SHuningdek yangi jamoada ham o'z o'rnimga ega bo'lishdir.
Islombek RUSTAMBEKOV suhbatlashdi

Fikrlar