
- Uchrashuv yaxshi saviyada o'tdi. Aytishim kerak, birinchi marta hakam biz ishtirokimizdagi bellashuvni munosib tarzda boshqardi. “Oq-tepa”ni g'alaba bilan tabriklayman! Mezbonlar bugun haqli ravishda g'alaba nashidasini surdi. Birinchi o'yin bilan solishtirganda nima deyishim mumkin: omad. Hamma narsa omadga bog'liq.
“Oq-tepa”ni Oliy ligaga loyiq jamoa deb hisoblayman. Bugungi raqibimizga navbatdagi uchrashuvlarda ham omad tilab qolaman.