Sarriga Xedira kerak emas

23 iyun 2019, 09:56
“Beshiktosh” klubi “Yuve”ning germaniyalik yarim himoyachisi Sami Xediraga qiziqish bildirmoqda.

Ma'lum bo'lishicha, turinliklarning yangi murabbiyi Mauricio Sarri futbolchini jamoadan ketishiga qarshi emas, deya xabar bermoqda Goal.

32 yoshli Xedira 2015 yilning yozida Realdan Yuventusga ko'chib o'tgandi. O'tgan mavsumda  u “keksa senora” tarkibida 17 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Futbolchining klub bilan shartomasi 2021 yilning iyuniga qadar tuzilgan.

O'xshash yangiliklar


Manba: Goal