So’nggi yangiliklar

12:39"Реал" Браим Диаснинг келажаги борасида бир қарорга келди  0 12:13Суперлига 13-тур ўйинларига ҳакамлар тайинланди  0 11:54Ўзбекистон Кубоги 1/8 финалида ишлайдиган расмийлар маълум  0 11:33"Атлетико" футболчиси КЖЧ ташкилотчилигидан норози  4 11:05Ямаль ва францияликлар: Европанинг 2025 йилдаги энг креатив футболчилари  3 10:42Неймарнинг келажаги маълум  1 10:10“Ал Ҳилол“ Осимхенга сўнгги даҳшатли таклифни юборди  1 09:43“Арсенал“ Виктор Гёкерешни сотиб ололмаган тақдирда кимни харид қилиши маълум  1 09:16Кайл Уокер АПЛнинг бошқа жамоасига ўтиши мумкин  0 08:50Фатининг кейинги жамоаси деярли аниқ  1 08:23Хаби Алонсо “Реал“ футболчиларига ультиматум қўйди  15 07:47CAFA U20 Championship 2025. U-18 терма жамоамиз ҳеч бир учрашувда ғалаба қозонмай мусобақани якунлади  16 07:20Клублар ўртасидаги ЖЧ. Учта қизил кўрсатилган баҳсда “Бенфика“ кичик камбек амалга оширди  2 02:00КЧЖ. "Челси" ишончли ғалабага эришди  3 01:42Фердинанд Фернандешнинг "Ал Ҳилол"га рад жавоби ҳақида: "Бу унинг садоқатидан далолат беради"  0

Sarriga hujumchi kerak Yangiliklar

Sarriga hujumchi kerak

“CHelsi” bosh murabbiyi “Sautgempton”ga qarshi bahsdagi golsiz durangdan so'ng jamoasi hujumchiga ehtiyoji borligini malum qildi.

“O'ylashimcha, o'yinda maydonning dastlabki 80 metr joyida juda yaxshi harakat qildik, ammo qolgan 20 metr masofada juda g'arib ko'rindik. Bizda gol urish uchun imkoniyatlar ko'p bo'lmayapti, ammo bu toifadagi bellashuvlarda golli vaziyatlarni yaratish qiyin, o'yin tempi yuqori emas. SHu bois yaratilgan vaziyatlardan maksimum foydalana olishmiz kerak. So'ngga bahslarda biz barcha raqiblarga nisbatan to'pni yaxshi nazorat qilayapmiz. Ammo birinchi golni urib olishimiz juda qiyin kechayapti.

Hujumchi sotib olishga harakat qilamanmi? Bilmayman. CHunki men transfer bozoridagi ishlarga javob bermayman. Men o'zimning ishimga javob beraman. Qo'l ostimdagi futbolchilardan unumli foydalanib, hujumkorlikni kuchaytirishim lozim. Biz o'sha so'nggi 20 metr masofada, hujumni yakunlashda samarali harakat qilishimiz lozim.

Klub mening fikrlarimini, istaklarimni biladi. Hammasi rahbariyatga bog'liq”, deya Sarrining so'zlaridan iqtibos keltirmoqda Sky Sports.

Joriy mavsumda “CHelsi” hujumchilari Alvaro Morata va Olive Jiru birgalikda APL bahslarida 6 ta gol kiritishdi.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика