So’nggi yangiliklar

13:26Йошко Гвардиол — "Барселона"нинг трансфер мақсади  3 12:58"Манчестер Юнайтед" Дюмфрисни нишонга олди  1 12:25Нико Пас "Реал" туфайли "Манчестер Сити", "Ливерпуль”, "Челси" ва "Арсенал" таклифларини рад этди  2 12:00TVCOM'да бугунги тақвим: "Челси", "Ман Сити", "Ливерпуль", "Реал" ва бошқалар  0 11:51"Атлетико" "Бавария" ярим ҳимоячиси Горецкага қизиқиш билдирмоқда  0 11:29"Насаф": Абдувоҳид Неъматов билан шартнома узайтирилди  6 10:44Уэйн Руни Жуд Беллингем ҳақида фикр билдирди  0 10:16Сака "Арсенал" тарихидаги энг кўп маош оладиган футболчига айланади  0 09:49"Арал" тўпурари фаолиятини Суперлигада давом эттиради  0 09:23"Навбаҳор" футболчиси ОКМКни танлади  1 08:56"Хоразм" футболчисига Суперлиганинг 4 клубидан қизиқиш бор  0 08:30"Андижон" дарвозабони Қирғиз Республикасида "Йил футболчиси" бўлди  4 08:02Забиҳилло Ўринбоевнинг "Навбаҳор"даги тақдири маълум  5 07:36"Пахтакор" футболчиси ОКМКга ўтмоқда   1 02:27Бундеслига. "Боруссия Д" ўз майдонида "Боруссия М"ни мағлуб этди  0

"Sarribol" - "Yuventus" uchun ideal variant! Nega?! Yangiliklar

"Sarribol" - "Yuventus" uchun ideal variant! Nega?!

Kutilmagan voqea yuz bergani yo'q: "Yuventus" murabbiyi etib Mauricio Sarri tayinlandi.

Ko'pchilik ham shunday bo'ladi deya tahmin qilgan edi. Sababi, bu lavozim uchun italiyalik eng yaxshi nomzodlardan biri edi. Qolaversa, Angliyadan ko'ra A Seriyada ishlash uning o'ziga ham birmuncha osonroq bo'ladi.

Sarri "CHelsi"da juda yaxshi ishladi

Ammo birinchi navbatda, butun mavsum mobaynida uni tinimsiz ravishda tanqid qilishganiga etibor qaratsak: Liga Kubogi finalidan keyin (Kepa yodingizdami?) Angliyaning butun ommaviy axborot vositalari Sarrini mazax qilib, ustidan kulgan edi. Uni intizom o'rnata olmaslik, natijalarga javob bera olmaslik hamda jiddiy klubda ishlashga qodir emas deb ayblashgandi. Lekin keyin nima bo'lgani muhimroq. Mavsumning qolgan qismi muammosiz o'tdi: "CHelsi" APL chempionatida uchinchi pog'onani egalladi ("Siti" hamda "Liverpul"dan keyin. Evropa Ligasini esa ishonchli g'alaba bilan yakunladi va Sarri birinchi mukofotini qo'lga kiritdi. Bundan ko'rinib turibdiki, murabbiy tanqiddan singani yo'q, aksincha o'z ustida ishlab, yanada kuchli bo'ldi.

"CHelsi" – Angliyada ishlash uchun oson va oddiy jamoalardan biri emas. Klubning deyarli barcha oxirgi murabbiylari ishdan bo'shatib yuborilgan: Konte, Mourinyu, Di Matteo, Villash-Boash. Sarri esa o'z xohishi bilan jamoani tark etdi.

Sarrining o'ziga xos uslubi bor

2019 yilning o'zining ajoyib taktikasiga ega bo'lgan eng yorqin sovrindorlar qatoriga Sarri ham kiradi. Italiya va Angliyada ham "sarribol" termini ancha mashhur bo'lib ulgurgan: murabbiyning o'yindagi taktik usuliga nisbatan shunday deyiladi.

• To'p nazorati;

• Himoyadan hujumga tezlik bilan harakatlanish;

• Qisqa uzatmalar;

• Hujumga umumiy etiborning kuchli ekani.

"Sarribol"ning tiki-takadan asosiy farqi – tiki-takada to'p u yon, bu yonga oshirilsa, "sarribol"da uzatmalar faqat oldinga etkazib beriladi. Sarri ham Gvardiolaning taktikasini amalda qo'llab, uni yanada hujumkor qilishni istaydi. Buning uchun endi unda nafaqat resurslar, balki vaqti ham etarlicha bo'ladi.

Sarri – italiyalik. Bu esa eng muhimi!

Futbolda madaniy omilni hisobga olish juda muhim hisoblanadi. Sarri inglizlar hayotiga yaxshi moslasholmadi: Mauricio butun mavsum davomida bunga qarshi qanday kurashganini ko'rdik. Mavsum o'rtalarida Sarri jamoadagi muammolar jismoniy tayyorgarlik bilan emas, balki mentalitet bilan bog'liq ekanini tan oldi. Lekin endi bari ortda qoldi. Sarri Italiyada hurmat qilishadi va so'zlariga quloq solishadi. "Yuventus" – faoliyatini davom ettirishi uchun ideal variant!


Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика