Sarri "Yuventus"da Ikardi va Markinosni ko'rishni xohlamoqda
18 iyu 2019 12:07
Yangiliklar


Sarri "Yuventus"da Ikardi va Markinosni ko'rishni xohlamoqda
"Yuventus"ning yangi bosh murabbiyi Mauricio Sarri mavsumlar oralig'idagi transfer rejalarini malum qildi.
60 yoshli mutaxassis jamoasida "Inter" forvardi Mauro Ikardi va PSJ himoyachisi Markinoslarni ko'rishni xohlamoqda.
25 yoshli mudofaa vakilining transferi yuqori maosh sabab qiyinlashishi mumkin, Markinos Parij klubida yiliga 10,2 million evro maosh oladi.
Ikardi varianti esa "Inter"dagi vaziyat sabab amalga oshishi mumkin, chunki "neradzurri" bosh murabbiyi Antonio Konte 26 yoshli argentinalik futbolchiga qiziqmayapti.
SHuningdek, turinliklar "Sassuolo"dan Merix Demirel va "Jenoa"dan Kristian Romerolarni xarid qilishga yaqin.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar