Sarri: “Yuve” o'yin oxirida xatoga yo'l qo'ydi”
20 okt 2019 07:48
Yangiliklar
Sarri: “Yuve” o'yin oxirida xatoga yo'l qo'ydi”
“Yuventus” bosh murabbiyi Mauricio Sarri A seriyaning 8-turida “Bolonya” (2:1) ustidan qozonilgan g'alabadan keyin o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
“Tanaffusda yigitlarga biz hisobda oldinda borayotganligimiz uchun o'zlarini judayam erkin his etmasliklarini aytgandim. Aks holda o'yin oxirida qiyin vaziyatga tushib qolishimizni bilardim. SHunga qaramay o'yinning oxirgi besh daqiqasida biz ko'plab xatolarga yo'l qo'ydi, raqibga to'pni tezda topshirib qo'ydik. Aynan shu jihat bo'yicha hali ko'p ish olib borishimizga to'g'ri keladi.
Uch-to'rtta qo'pol xatolarni hisobga olmaganda, yaxshi o'yin o'tkazdik. Bizning to'pga egalik qilishimiz qandaydir aniq maqsadlar evaziga qurilganini futbolchilar to'liq tushunishlari lozim”, deya Sarrining so'zlaridan iqtibos keltirmoqda Football Italia.
Fikrlar