Sarri Ronaldu bilan ishlashdagi qiyinchiliklar haqida gapirdi
06 iyu 2021 20:28
Yangiliklar
Sarri Ronaldu bilan ishlashdagi qiyinchiliklar haqida gapirdi
"Yuventus" sobiq bosh murabbiyi Mauricio Sarri hujumchi Krishtianu Ronaldu bilan birga ishlagan damlarini esladi.
"Ronalduni boshqarish juda qiyin. Uning jamoa bilan qorishib ketishi zarur bo'lgan shaxsiy qiziqishlari bor. Bu shubhasiz, murakkab holatlarga olib keladi. Krishtianu jamoaga ulkan natijalarni keltiradi. Biroq bu o'yinchi jamoa strategiyasidan chetga chiqa oladi", – dedi Sarri.
36 yoshli Ronaldu 2018 yildan buyon "Yuventus"da o'ynamoqda. U uch mavsumda 133 o'yinda qatnashib, 101 ta gol urdi va 22 ta golga assistentlik qildi.
Sarri "keksa sinora"ni 2019/20 yilgi mavsumda boshqardi va jamoa bilan A Seriyani yutdi.
Fikrlar