Sarri "Roma"ni boshqaradi
24 apr 2021 14:13
Yangiliklar


Sarri "Roma"ni boshqaradi
Italiyalik mutaxassis Mauricio Sarri faoliyatini vatanida davom ettirishi mumkin.
"Roma" rahbariyati murabbiy bilan shartnoma bo'yicha kelishuvga erishdi. Bitim 2 yilga mo'ljallanadi.
Sarrining jamoani joriy mavsum so'nggida qabul qilib olishi kutilmoqda. Rim jamoasini ayni damda portugaliyalik mutaxassis Paulu Fonseka boshqarmoqda.
"Roma" uning qo'l ostida A Seriyada 32 turdan so'ng 55 ochko jamg'argan holda jadvalda 7-o'rinda bormoqda.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar