Sarri kuniga nechta sigaret chekishini aytdi
27 iyu 2019 11:00
Yangiliklar
Sarri kuniga nechta sigaret chekishini aytdi
"Yuventus" bosh murabbiyi Mauricio Sarri juda ham ko'p sigaret chekadi.
U bu odati nazoratdan chiqib ketganligini yaxshi biladi.
- Men kuniga 60ta sigaret chekaman, ehtimol bu juda ko'p, - deydi Sarri. - O'yin payti chekishga xohish bo'lmaydi, undan keyin esa bunday emas. Menda tanamning orqa qismida muammolar bor edi, ammo hozir o'zimni yaxshi his qilyapman.
60 yoshli Sarri futbolchilik faoliyati davomida "Filine" va "Stia" klublarida to'p tepgan. Murabbiylik faoliyatida esa "Yuve" uning 20-jamoasidir. Ulardan 19tasi Italiyadagi faoliyatiga tegishlidir.
U "CHelsi" bilan Evropa Ligasining 2018/19 yilgi mavsumida g'alaba qozongan. Bu esa Sarrining faoliyatidagi yagona tituldir.
Fikrlar