Sarri: “CHelsi” g'alabaga haqli edi”
03 may 2019 07:52
Yangiliklar


Sarri: “CHelsi” g'alabaga haqli edi”
“CHelsi” ustozi Evropa Ligasi yarim finalining dastlabki bahsida “Ayntraxt F”ga qarshi bahsdan so'ng fikrlari bilan bo'lishdi.
“Men o'yindan qoniqdim, lekin natijadan emas. Biz o'yinning 25 daqiqasi o'tgandan so'ng o'ynashni boshladik. Ikkinchi bo'limning 35 daqiqasida yaxshi o'ynadik. Umuman olganda, g'alabaga haqli edik. Ammo safardagi 1:1 ham yomon emas. Ikkinchi golni urishga munosib edik. Axir bizda 3 yoki 4 ta vaziyat bo'ldi. Ko'proq gol urishimiz mumkin edi. Ikkinchi bellashuvda ehtiyotkor bo'lishimiz lozim. Raqib juda xavfli, ayniqsa Yovich. U juda tajovuzkor o'yinchi”,—deydi Sarri.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar