Sarri: "APL hakamlarining saviyasi turnir kuchiga mos emas"
15 apr 2019 11:45
Yangiliklar


Sarri: "APL hakamlarining saviyasi turnir kuchiga mos emas"
"CHelsi" bosh murabbiyi Mauricio Sarri APLning 34-turida "Liverpul"dan uchralgan mag'lubiyat haqida fikr bildirdi.
"Birinchi bo'limda yaxshi o'ynadik. To'g'ri yo'ldamiz va o'sishda davom etyapmiz deb o'ylayman.
Ikkinchi goldan so'ng omadimiz kelmadi, ammo 3 daqiqa ichida 3ta vaziyat yaratishga muvaffaq bo'ldik.
Birinchi golga to'xtaladigan bo'lsak, Emersonga nisbatan qo'pollik ishlatilgan edi. Premer-liga dunyoning eng kuchli ligasi hisoblanadi, ammo bu hakamlarga taaluqli emas. Hakamlarning saviyasi chempionat kuchiga to'g'ri kelmaydi. Umuman olganda, "Liverpul" g'alabaga munosib edi" - deydi Sarri.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar