Sardor Rashidov: "Yaxshi holatga kirib boryapmiz"
31 jan 2014 15:56
Yangiliklar


Sardor Rashidov: "Yaxshi holatga kirib boryapmiz"
“Bunyodkor” – “Spartak” (Moskva) uchrashuvida Sardor Rashidov o'zining faolligi bilan ajralib turdi. Uchrashuvdan so'ng uning fikrlari bilan qiziqdik.
- “Spartak” bilan o'yin oldidan murabbiylarimiz
tomonidan berilgan ko'rsatmalar asosan bir-birlarimizni yaxshiroq tushunib
o'ynashga qaratilgan edi. SHuningdek, garchi nazorat uchrashuvi bo'lsa-da bizda
“Spartak” ustidan g'alaba qozonib, Toshkentga yaxshi kayfiyatda qaytish
rejasi ham bor edi. Afsuski, bir to'p farqi bilan imkoniyatni boy berdik.
Eng muhimi – natija emas, balki tayyorgarlik jarayonining to'g'ri olib
borilayotganidir. Birlashgan Arab Amirliklarida davom etayotgan
tayyorgarligimizga yuqori baho bergan bo'lardim. Kun sayin yaxshi holatga
kirib boryapmiz. O'ylaymanki, mavsum startigacha yuz foiz tayyor bo'lamiz, - deydi Sardor Rashidov.

Fikrlar