Sardor Rashidov Qatar yulduzlar Ligasidagi dastlabki golini kiritdi

Narzulla Saydullayev
18 sen 2015, 23:20
Qatar Yulduzlar Ligasi 2-tur uchrashuvlari bo'lib o'tmoqda va Sardor Rashidov "Al Jayish" o'z maydonida "Al Sayliya" jamoasini qabul qilmoqda.

Qatar chempionati 2-tur doirasidagi "Al Jayish" va "Al Sayliya" jamoalari to'qnash kelishdi. Birinchi bo'limdan so'ng, hisob 2:0 mezbonlar foydasiga.

Takidlash joizki, "Al Jayish"ning birinchi golini O'zbekiston milliy terma jamoasi a'zosi Sardor Rashidov kiritdi. Bir necha daqiqalardan so'ng ikkinchi bo'lim boshlanadi va biz hamyurtimizga omad tilab qolamiz.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia