So’nggi yangiliklar

16:50Ушалмай қолган орзу: "Порту" Жотани қайтармоқчи эди  0 16:22"Тоттенхэм" япониялик ҳимоячи билан шартнома имзолади  0 15:54Афғонистон терма жамоаси Россияга ўртоқлик ўйини ўтказиш таклифини берди  3 15:24Дибала "Ливерпуль" нишонида  4 14:55МЮ Эдерсон бўйича музокаралар олиб бормоқда  4 14:28"Тоттенхэм", "Ньюкасл" ва "Наполи" Грилишга даъвогар  0 14:02U-16 халқаро турнири. Ўзбекистон бу гал Японияга имкониятни бой берди  18 13:33Луис Диас "Бавария"га ўтиш арафасида: клублар музокараларга киришмоқда  7 13:06"Спортинг" Гёкерешни Суарес билан алмаштирмоқчи  2 12:39Файзуллаевнинг мураббийи: "Аббос ўзи учун тўғри қарор қабул қилади"  9 12:18Марко Верратти Қатарда жамоасини ўзгартирди  1 11:50"Комо" таркибни кучайтиришда давом этади. А Серия клуби "Селтик" юлдузини 19 млн еврога сотиб олмоқчи  4 10:50Ўзбекистон МТЖ аъзосига Туркия клуби қизиқиш билдирмоқда  4 10:24Мусиала операция қилинди  8 09:53“Навбаҳор“ футболчиси ОКМКга ўтди  4

Sardor Rashidov Qatar "Super Ligasiga" yo'l oladi! Yangiliklar

Sardor Rashidov Qatar "Super Ligasiga" yo'l oladi!

Qaynoqqina xabarlarga ko'ra, "Bunyodkor" va O'zbekiston milliy terma jamoasining yarim himoyachisi Sardor Rashidov keyingi faoliyatini Qatarda davom ettiradi.
Qatar chempionatida uchinchi o'rinni qo'lga kiritgan "Al Jayish" futbolchimizning yangi jamoasi bo'ladi. Klub Sardor bilan uch yillik bitimga imzo chekkan.

Hozircha, bu o'tish haqida hech qanday rasmiy gap so'z yo'q. Ammo transfer masalalari hal etib bo'lingan.

"Al Jayish" OCHL-2016ni pley off bosqichidan boshlaydi. Xuddi shunday Xavi va "Al Sadd" ham uchrashuvlarga saralash o'yinlaridan qo'shiladi. Qatar chempionligini qo'lga kiritgan "Lahviya"gina to'g'ridan-to'g'ri guruh bosqichida ishtirok etadi.

Qatarda yangi mavsum avgust oyidan start oladi. Demakki, Rashidov birinchi davra yakuniga etganidan so'ng "qaldirg'ochlar" bilan xayrlashadi.

O'z navbatida saytimiz o'quvchilari va o'zbekistonlik ishqibozlar nomidan Sardor Rashidovning keyingi faoliyatiga omad tilaymiz!
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика