So’nggi yangiliklar

14:53Суперлига. "Олимпик" - "Бунёдкор" (матнли трансляция)  0 14:48Гвардиола: "Манчестер Сити"га дунёнинг энг яхши футболчиси етишмаяпти"  7 13:50Энрике: "Ҳайратланарли томоша кўргингиз келса "Дю Солей Цирки"га боринг"  0 13:426+4+3. Кузги имтиҳондан яхши ўтдик  18 13:16Родри Пеп ва Симеоне ўртасидаги фарқни айтди  5 12:11"Реал" 11 ойдан бери "Бернабеу"да 15 млн. евро даромад келтириши кутилаётган бар-ресторанни очолмаяпти  1 11:39Пети: "Анчелотти ва яна бир неча футболчилар Мбаппе "Реал"га ўтишини хоҳламаганига ишончим комил"  18 10:54Аморимнинг МЮдаги илк трансфери бразилиялик футболчи бўлиши мумкин  1 10:20Кейн Холландга тегишли бўлган Бундеслига рекордини янгилади  6 09:47Лунин А Серияга кўчиб ўтиши мумкин  1 09:11Goal мундиал фаворитлари рўйхатини янгилади. ТОП-10да ўзгаришлар бор  7 08:45Аморим «Манчестер Юнайтед»да нималарни ўзгартириш кераклигини айтди  3 08:18Sofascore. «Ал Ваҳда» дуранг ўйнади. Ҳожимат Эркиновнинг ҳаракатлари неча баҳога лойиқ кўрилди?  3 07:46Суперлига. Бугун турнинг қизиқарли баҳсига гувоҳ бўламиз  5 03:00Франция. ПСЖ "Тулуза" дарвозасига 3та гол урди  0

Sardor Rashidov: “Qatar orqali Evropaga ketmoqchiman” Yangiliklar

Sardor Rashidov: “Qatar orqali Evropaga ketmoqchiman”

“Bunyodkor” yarim himoyachisi Sardor Rashidovning keyingi faoliyatini boshqa mamlakatda davom ettirishini ko'pchilik kutayotgandi.
SHu jumladan futbolchining o'zi ham. O'ziga xos iqtidorga ega sanalgan Sardorga bir qancha xorij klublaridan yaxshi takliflar bor edi. Keyin esa uning Qatarga – “Al Jayish” jamoasiga yo'l olayotganligi malum bo'ldi. “Bunyodkor”ning “Andijon”ga qarshi o'yini oldidan u bilan aynan shu haqida gaplashdik va Rashidov chindan ham bu xabarni tasdiqladi. Natijada Sardor bilan uchrashuvdan keyin gaplashib olishimizni aytib, unga omad tiladik. Rejaga ko'ra uchrashuv tugagach, u bilan yana ko'rishdik. Tabiiyki, dastlabki savollar mazkur o'yin bilan bog'liq bo'ldi. 



-   Sardor, birinchi navbatda “Andijon”ga qarshi kechgan o'yin haqidagi fikrlaringiz bilan o'rtoqlashsangiz?
-   Bilasizmi, hozirgi paytda barcha jamoalar yaxshi o'yin ko'rsatishni bilishadi. SHu nuqtai nazardan qaraganda, chempionatimizda kuchsiz jamoaning o'zi yo'q. Bemalol ayta olamanki, “Andijon”ga qarshi o'yinimiz qiyin o'tdi. Maydon egalari “Bunyodkor” bilan uchrashuvga jiddiy tayyorlangani bellashuv davomida ko'rinib turdi. Adashmasam, bu jamoa oxirgi turlarda yaxshiroq o'ynayapti va natijalari ham ijobiy tomonga o'zgargan. Lekin ularga qarshi o'yinda g'alaba qozonish ishtiyoqimiz kuchli edi. “Andijon”ga qaraganda, bizda g'oliblik uchun xohish va istak yuqori bo'ldi.

-   Mazkur g'alabada yana qanday omillar bor deb o'ylaysiz?
-   Etibor bergan bo'lsangiz, biz asosan jamoaviy o'yin ko'rsatdik. Futbolda hamjihatlikda gap ko'p. G'alaba qozonishimizda himoyachilarimiz va darvozabonimizning yaxshi o'yin ko'rsatganini ham alohida aytishni istardim. Bir so'z bilan aytganda, butun jamoa bo'lib yaxshi harakat qildik deb o'ylayman.



-   Ammo “Bunyodkor” jamoasiga barqarorlik etishmayotganligi ham ko'rinib qolmoqda. Yutadigan o'yinlarida qimmatli ochkolarni boy beryapti. Ochig'i, bunday beqarorlik “Bunyodkor”ga yarashmas ekan. Bu masalada qanday fikrlaringiz bor?

-   Ha, tan olaman, jamoamizning o'yinida biroz pasayish ko'zga tashlandi. To'g'ri aytdingiz, g'alaba qozonishimiz kerak bo'lgan bahslarda ochkolarni boy berdik. Hamma uchrashuvda ham o'zimiz istagandek o'ynay olmadik. Lekin bu kabi holatlarni vaqtinchalik hisoblayman. Ishonamanki, ikkinchi davraga “Bunyodkor” yanada kuchaygan holda qaytadi.

-   Sardor, ikkinchi davrada faoliyatingizda yangi sahifa ochiladigan bo'lib turibdi. Bunga tayyormisiz?
-   Qishdayoq menga ko'plab klublardan takliflar kelib tushgandi. Natijada meni munosib bo'lgan jamoaga qo'yib yuborishmoqchi edi. Lekin “Bunyodkor”ning oldida Osiyo CHempionlar ligasi bahslari ham bor edi. SHuning uchun klubda qolib xalqaro maydondagi ishtirokiga yordam berishni xohladim. Jamoa ham keyingi taqdirimni birinchi davradan keyin hal qilishini aytdi. Mana, endi o'ylagan rejalarimiz amalga oshadi deb o'ylayman.

-   Siz bilan ilgari gaplashganimizda maqsadingiz Evropa chempionatida to'p surish ekanligini aytgandingiz va bu borada ko'p gapirgansiz. Lekin siz Osiyoning boshqa jamoasiga o'tyapsiz. Bunga munosabatingiz qanday? To'g'ri qaror qabul qilyapsizmi?
-   Ha, Evropada o'ynash niyatim borligini aytganman. U erdan ham bir qator jamoalar qiziqish bildirishdi. Aytishim kerakki, Qatardan juda yaxshi taklif kelib tushdi. Bilasiz-ku, 2022 yili bu mamlakatda jahon chempionati o'tkaziladi. SHuning uchun hozirdanoq juda jiddiy ravishda tayyorgarlik ko'rishmoqda. Buning uchun milliy chempionatini yanada kuchaytirish uchun yangi loyihalarni ishlab chiqishyapti. Yaqinda “Barselona”dan Xavini taklif qilishda va u “Al Sadd” bilan shartnoma imzoladi. Bundan tashqari yana boshqa yulduz o'yinchilar Qatar chempionatiga oshiqishyapti. Menga taklif bilan chiqqan “Al Jayish” klubi ham katta salohiyatga ega. Bu jamoa men uchun notanish emas. Ilgari chempionlar ligasi bahslarida “Al Jayish”ga qarshi o'ynaganmiz. Qatar futboli oxirgi yillarda keskin darajada o'sib boryapti. Ushbu chempionatda to'p surish orqali keyinchalik Evropaga yo'l olishim mumkin.



-   Malumki, sizga arablarning yana ko'plab grand jamoalaridan takliflar bo'lgandi. Masalan, Saudiya Arabistonidan “Al Nasr” va “Al Hilol” jiddiy qiziqqandi...
-   To'g'ri, Saudiyadan “Al Nasr” bilan “Al Hilol” aloqaga chiqishdi. Menimcha, ulardan ko'ra Qatar chempionatini kuchliroq deb hisoblayman. SHuningdek, bu erda ko'zga tashlangan ko'plab xorijlik futbolchilar to'p surishadi. Saudiyada esa kamroq. Qatarga yana bir qator nomdor o'yinchilar kelishda davom etadi. SHuning uchun ham Qatarni tanladim. Lekin hali “Al Jayish”ga o'tganim 100 foizga rasmiylashgani yo'q. Yaqin orada hammasi hal bo'ladi.

-   Siz bu qaroringizni oldinga tashlangan qadam deb hisoblayapsizmi?
-   SHubhasiz.

-   Sardor, bunday taklif ustida birinchi navbatda kim bilan maslahatlashdingiz?
-   Avvalambor dadam bilan maslahatlashdim. Keyin klub rahbarlari bilan ham o'zaro fikr almashdik.

-   Lekin sizda ikkilanish bo'lmadimi?
-   Ikkilanish bo'ldi. Nimagaki, oldingizda 4-5 ta klubdan yaxshi takliflar turganida, har qanday futbolchi ham ikkilanadi. Oxir-oqibat Qatar variantida to'xtadik.



-   Osiyo Kubogidan keyin sizga bo'lgan talab va qiziqish ortib ketgandi. Lekin aksiga olib shundan keyin o'yiningizda inqiroz paydo bo'ldi...

-   O'yinimda pasayish bo'lganini o'zim ham yaxshi bilaman. To'g'risi, yaxshigina ortga qadam tashladim. Yana yorqin o'yin ko'rsataman deb o'ylagandim. Afsuski, men o'ylagandek bo'lmadi. Lekin tez orada yanada yaxshiroq o'ynashga kirishaman.

-   Balki maqtovlardan yulduzlik kasaliga chalingandirsiz?!
-   Yo'g'-e, yulduzlik kasalidan qo'rqaman. Men doim bundan uzoqda yuraman.

-   Qatarga qachon ketmoqchisiz?
-   Nasib qilsa, birinchi davradan keyin ketmoqchiman.


FIRDAVSXON suhbatlashdi.
“Futbol Ekspress” gazetasi   
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика