So’nggi yangiliklar

23:21Ўзбекистон U23 терма жамоаси Японияга қарши ўйин учун тайёргарликни давом эттирмоқда ГАЛЕРЕЯ  0 23:00Бельгия. "Антверпен" - "Сент-Жиллуаз". Ҳамюртимиз захирада  1 22:48"Хоразм" "Андижон" ҳимоячисини таркибига қўшиб олди  0 22:31Виктор Гёкереш Лондонга етиб борди  0 22:11"Сўғдиёна" ва "Шўртан" ўртоқлик учрашувида жанговар дуранг қайд этди  0 21:59"Мираброр Усмонов хотира турнири". Саудия Арабистони иккинчи ўйинда ҳам мағлуб бўлди  1 21:26"Хоразм" Аббос Отахоновни таркибига қўшиб олди  1 20:51Диёр Ортиқбоев: "Япониянинг бугунги ўйини бизга қизиқ эмас"  1 20:34Ўртоқлик ўйини. "Динамо" "Витебск"ни мағлубиятга учратди  2 20:12Антонио Конте Стерлингни "Наполи"да кўришни истамоқда  1 19:47"Андижон" тарихда илк бор ОЧЛ 2 да: тайёргарлик, қуръа ва учрашувлар санаси  12 19:23ПФЛ ОФКга мурожаат қилиб, халқаро талаблар ҳимоя қилинишини сўради   5 19:05"Юве" "Челси"нинг 68 млн евролик таклифини рад этди – Йилдиз сотилмайди  2 18:36"Бавария" Гарначога қизиқмоқда, футболчи АПЛда қолишни истамоқда  2 18:07"Барселона" Япония бўйлаб тур тақвимини эълон қилди  3

Sardor Rashidov - Osiyoda porlayotgan yulduz Yangiliklar

Sardor Rashidov - Osiyoda porlayotgan yulduz

Xorij saytlaridan biri O'zbekiston milliy terma jamoasi hamda "Bunyodkor" yarim himoyachisi Sardor Rashidov haqida maqola chop etdi. Quyida mazkur maqolaning tarjimasini keltirib o'tamiz.
Boshqa musobaqalarda bo'lgani kabi Osiyo Kubogi-2015da ham O'zbekiston terma jamoasida yosh futbolchilar o'zlarini ko'rsata olishdi. Ko'pchilik Server Jeparov o'rnini "Paxtakor"ning yosh yarim himoyachisi Jamshid Iskanderov to'ldiradi deb kutgandi. SHuningdek, terma jamoa bilan xayrlashgan Geynrix va SHakixning o'rnini Igor Sergeev bildirmaydi deb o'ylagandi.

Ammo bu ikki futbolchidan ko'ra poytaxtning boshqa bir jamoasi "Bunyodkor"da to'p tepayotgan Sardor Rashidov yarq etib porladi. Bemalol aytish mumkin, Sardor Rashidov Osiyo Kubogi kashfiyotlaridan biri bo'ldi. Xo'sh, bu futbolchi Osiyo chempionatida qay tariqa o'zini ko'rsata oldi?

23 yoshli futbolchi guruhdagi oxirgi o'yin - Saudiya Arabistoni bilan kechgan bahsdan so'ng tilga tushdi. Uning ikkita goli O'zbekistonga g'alabani taqdim etdi va jamoa buning natijasida chorak finalga yo'l oldi. Sardor Rashidov "Bunyodkor" futbol akademiyasi tarbiyalanuvchisi emas. Ammo shu klubda o'ynab xalqqa tanildi, o'z mahoratini oshirib bordi. U hujum paytida juda yaxshi o'ynaydi, aqlli qarorlar qabul qiladi, bu esa yarim himoyachi haqida iliq fikrlar bildirishga sabab bo'la oladi.



Birinchidan, uning o'yinni tushunish qobiliyati ajoyib darajada. "Bunyodkor" ham uning mahoratiga shubha qilmagan holda futbolchidan qay tarzda foydalanishni biladi. Noyabrda "Paxtakor"ga qarshi kechgan bahs shuni ko'rsatdiki, Sardor Rashidovning ikkita chiroyli goli o'yinni bezab berdi. Rashidov nafaqat hujumda, balki orqaroqda ham yaxshi o'yin namoyish etadi. Osiyo Kubogining chorak finalida Janubiy Koreya bilan bo'lib o'tgan o'yinda Sardor raqibning chap qanot himoyachisi Kim Jin Suga aytarli imkoniyat qoldirmadi. U to'p bilan bir necha bor oldinga intilib, o'z qanotidan xavfli reydlar uyushtirdi.

Sardor Rashidovda dribling ham kuchli. Qolaversa, jarima to'plaridan ustalik bilan foydalana oladi. U bir yoki ikki harakat bilan raqibidan o'zib ketadi va o'ziga kerakli nuqtaga chiqadi. Va nihoyat, zarba berayotganda u snayperning o'zginasi. Bir zarb bilan to'pni darvoza to'riga joylab qo'yishi mumkin. Osiyo Kubogida u raqiblar darvozasi tomon etti bor zarba berib, shundan to'rttasi aniq bordi va ikkitasi golga aylandi. Ko'rib turganingizdek, bu yomon ko'rsatkich emas.

"Bunyodkor" futbolchisi o'tgan mavsumdayoq o'zini ko'rsata olgandi. U oliy ligada o'nta gol urishning uddasidan chiqdi. Agar 17 fevral kuni "Al Jazira"ga qarshi kechadigan uchrashuvda ham Sardor Rashidov o'zini ko'rsatsa, unga bo'lgan takliflar yanada ortishi turgan gap. Bu futbolchini Milanning "Inter" klubi kuzatishda davom etmoqda. Rashidov terma jamoaning o'ng qanot yarim himoyasini to'liq o'ziniki qilib oldi. Endilikda Sanjar Tursunov asosiy rolni o'ynamay qo'ydi. Terma jamoa murabbiyi Mirjalol Qosimov 4-2-3-1 yoki 4-3-3 sxemasidan foydalanishda davom etsa, Rashidovga albatta joy topilaveradi.

Ingliz tilidan X.Xoliqov tarjimasi.
Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика