Sardor Rashidov: "Nasaf"ga qarshi o'yin oldidan ozgina hayajon bor"
16 mar 2016 00:32
Yangiliklar


Sardor Rashidov: "Nasaf"ga qarshi o'yin oldidan ozgina hayajon bor"
OCHL 3-tur doirasidagi "Al Jayish" - "Nasaf" uchrashuvi oldidan hamyurtimiz Sardor Rashidovning fikrlari bilan qiziqdik.
"Nasaf"ga qarshi o'yinga juda yaxshi tayyorgarlik ko'rdik. Biz bu bahsda faqat va faqat g'alaba ishtiyoqida tushamiz. "Nasaf"ning kuchli tomoni shundaki, ularda jamoaviy o'yin yaxshi yo'lga qo'yilgan. Xalqaro arenada ilk marotaba yurtdoshlarimga qarshi maydonga tushish oldidan ozgina hayajon borligini yashirmayman. Bu hayajon maydonga tushishim bilan yo'qolib ketadi. Guruhdan chiqishimiz uchun deyarli birgina qadam qolgan. SHu bois ertaga g'alaba qozonishimiz talab etiladi. O'yinda nima bo'lishini esa Xudo biladi. SHunisi aniqki, bu to'qnashuv qizg'in kurashlarga boy bo'ladi. O'ylaymanki, uchrashuv muxlislarga yoqadi. "Nasaf" jamoasiga esa omad tilab qolaman", - deya o'z fikrlarini bildirib o'tdi Sardor Rashidov.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar