So’nggi yangiliklar

09:01Мбаппе Ла Лигадаги илк учрашувидан сўнг ўз фикрларини билдириб ўтди  1 08:30ЦСКА бош мураббийи нима сабабдан учрашув сўнггида Аббосбек Файзуллаев ва яна икки нафар футболчини захирага олганини тушунтириб берди  1 08:02Футзал. Бугун терма жамоамиз Францияга қарши баҳс олиб боради  1 07:31Суперлига. Бугун 16-тур баҳслари якунланади  7 07:25А Серия. Биринчи турнинг олтинчи ўйинидаҳам ғолиб номи аниқланмади, "Наполи" сафарда йирик мағлубиятга учради, 1-тур ўйинлари битта саҳифада  7 06:55Қозоғистон чемпионати. "Шахтёр Қарағанда" - "Ордабаси" 2:3, Яшибоев мавсумдаги еттинчи голини урди  1 06:45ЛаЛига. "Мальорка" - "Реал Мадрид" 1:1, Юлдузларга тўла "Реал" ғалаба қозона олмади  2 02:29Ла Лига. "Реал Мадрид" мавсумнинг илк турида очко йўқотди  30 01:35А Серия. "Рома" меҳмонда "Кальяри" билан дуранг ўйнади, Шомуродов эса...  16 01:08ПРО-лига. 17-тур расмийлари эълон қилинди  1 00:49Максим Шацких: "Бугун биринчи даврадаги қарзимизни қайтардик"  6 00:05Александр Крестинин: "Иккинчи бўлимда жонландик. Ҳали очколар тўплашимизга ишонаман"  1 23:50АПЛ. "Челси" - "Манчестер Сити" 0:2, Ковачич собиқ жамоасини чиройли голи билан жазолади  2 23:35Суперлига. "Андижон" - "Сурхон" 2:3, Голларга бой бўлган ўйинда "Сурхон" сафарда ғалабни қўлга киритди  1 23:09Февзи Давлетов: "Ғалабага бўлган ишонч бизга натижа келтирди"  5

Sardor Rashidov: “Murabbiy hujumchilarga yordam berishimni istamoqda” Yangiliklar

Sardor Rashidov: “Murabbiy hujumchilarga yordam berishimni istamoqda”

“Bunyodkor”ning yosh va umidli futbolchilaridan biri Sardor Rashidov borgan sari mahoratini oshirib bormoqda.
U 15-turda “Mashal” darvozasiga uchta gol urishga muvaffaq bo'ldi. Yarim himoyachi bo'lsa-da, hujumchilarning vazifasini qoyilmaqom tarzda bajarmoqda. Har bir uchrashuvda Rashidov o'zini ko'rsatib kelmoqda. Uning kelajagi porloq ekanligiga shubha bo'lishi mumkin emas. Faqat o'z ustidan ishlashdan to'xtab qolmasligi lozim.

- “Bunyodkor” – “Mashal” uchrashuvida uchta to'p kiritdingiz va jamoangizning 5:1 hisobidagi g'alabasiga katta hissa qo'shdingiz. Mazkur o'yin faoliyatingizdagi eng yorqin bellashuv bo'lib qoldimi?
- SHu kungacha o'tkazgan o'yinlarim orasida eng quvonchilisi sifatida CHempionlar ligasining guruh bosqichida Qatarda “Al Jaish” jamoasiga qarshi kechgan uchrashuvni aytgan bo'lardi. O'shanda oxirgi daqiqada muhim va hal qiluvchi gol muallifi bo'lganman. Bundan tashqari “Olmaliq” bilan o'yinimizda ham xet-trikka erishgandim va biz 0:4 hisobida g'alaba qozongandik. SHu bois o'sha uchrashuv ham men uchun quvonchga boy bo'lgandi. Bularning qatoriga “Mashal” bilan o'yinni ham qo'shsam bo'ladi.



- Umuman olganda, o'yin xususida nimalarni ayta olasiz? Yirik hisobdagi g'alabani muxlislar sog'inib qolishgandi.
- Biz uchun qayd etilgan natijani kutilmagan holat deb ayta olmayman. Negaki, uchrashuvdan avval raqibimizning kuchli va kuchsiz tomonlarini yaxshilab o'rganib chiqqandik. Sergey Ivanovich qanday taktikada o'ynashimizni o'rgatib chiqdi. Albatta, g'alaba qozonishimizga ishongandik. Hammasi jamoamiz uchun ko'ngildagidek kechdi va beshta to'p kiritishga muvaffaq bo'ldik. Bu orqali muxlislarimizni xursand qilganimizdan baxtiyormiz.

- 5:1 hisobini inobatga olganda, “Bunyodkor” katta qiyinchilikka duch kelgani yo'q, to'g'rimi?
- Ha, to'g'ri. U qadar katta qiyinchilikka duch kelmadik.

- “Mashal” haqida nima degan bo'lardingiz?
- “Mashal” yomon jamoa emas. Ular ham bizga qarshi yaxshi tayyorgarlik ko'rishgan. Birinchi golni urgunimizga qadar ancha qiynaldik. 18-daqiqada hisobni ochganimizdan keyin o'yinimiz ham “ochilib” ketdi.

- Xet-trikka nimaning evaziga erishdim deb o'ylaysiz?
- Jamoadoshlarim qo'llab-quvvatlashdi. Kerak paytda pas bilan taminlab turishdi. Gollarimning ikkitasini standart vaziyatdan kiritdim. Mashg'ulotlarda qo'llagan usullarimni aynan jarima zarbalarini bajarish orqali qo'lladim.



- Birinchi golingizni chamasi 28-30 metr uzoqlikdagi standartdan kiritdingiz. O'sha paytda nimani o'yladingiz?

- Zarba berayotganimda faqat to'pga qarayman. SHu bois bu o'yinda ham jarima zarbasini amalga oshirishdan oldin nigohlarimni faqat to'pga qaratgandim. Butun hayolimni bir joyga yig'ib oyog'imni to'pga moslashtirdim. Qanday zarba berishimni hayolimda o'tkazib olgach xuddi o'sha vaziyatni amalda bajarishga muvaffaq bo'ldim.

- Umuman, zarbani bajarayotganingizda tavakkal tepdingizmi yoki aniq mo'ljalga olganmidingiz?
- To'g'ri, gol bo'lgan joyga to'pni aniq tepaman deb o'ylamagandim. Ammo zarbani aniq amalga oshirdim.

- Yarim himoyachi bo'lsangiz-da, hujumchilardan qolishmagan holda bir nechta gollar muallifiga aylanib boryapsiz. Raqiblar darvozasini ko'proq ishg'ol qilayotganingiz nimadan dalolat beradi?

- Nimadan dalolat deysizmi? Murabbiy meni ko'proq hujumchilarga faol tarzda yordamlashishimni tayinlaydi. Himoyadan ko'ra, ko'pincha hujumda yordam beraman. SHuning uchun gollarim soni ko'payayotgan bo'lishi mumkin.

- SHuningdek, standart vaziyatlardan imkoni qadar samarali foydalanayotganingiz ham “Bunyodkor”ga foyda keltiryapti.
- Mashg'ulotlar paytid murabbiy jarima zarbalarini men bajarishimni xohlashadi va bu borada ko'plab mashqlar qilaman. Standart holatdan qanday qilib samarali bajarish yuzasidan mashg'ulotlarda o'z ustimda ko'p ishlayman.



- Ikkinchi davrada mavsum yanada qizimoqda. “Bunyodkor” hammasini yaxshi boshladi. Lekin uning asosiy raqiblari ham mavsumning ikkinchi qismini muvaffaqiyatli boshladilar.
- Oldimizda yana 11ta o'yin turibdi. CHempionat oxirigacha o'rtadagi 8 ochkoni yo'qqa chiqarishga harakat qilamiz. Hozirdan bir nima deb bo'lmaydi. O'ylaymanki, barchasini vaqt ko'rsatadi. O'yinlarimiz bor ekan, demak imkoniyat ham bor.

- “Nasaf” – “Lokomotiv” o'rtasidagi uchrashuvda qayd etilgan 2:5 hisobini qanday qabul qildingiz?
- Albatta, bunday hisob bo'lishini kutmagandim. Lekin “Lokomotiv”ning g'alabasiga ishongandim.

- Nima uchun “Loko”ning g'alabasiga ishongandingiz?
- “Lokomotiv”ning tajribali o'yinchilar ko'p. “Nasaf” bilan ham o'ynaganmiz. SHuning uchun ikkala jamoani solishtirganda, “Loko”ning muvaffaqiyat qozonishiga ishonganman.

- Aytmoqchimanki, “Lokomotiv” karvonboshi bo'lib turgandi. SHu boisdan bu jamoaning ochko yo'qotgani “Bunyodkor” uchun yaxshi emasmidi?
- Ularning ochko yo'qotishi bir tarafdan qaraganda biz uchun pyus bo'lardi. To'g'risi, raqbimiz haqida hech nima deya olmayman.

- Bu yilgi mavsum siz uchun har taraflama yaxshi kechyaptimi yoki nimadandir qoniqmayapsizmi?
- Xudoga shukur, hozircha yaxshi. Birinchi davrada unchalik qoniqish bo'lmagandi. Ayniqsa, mavsum boshida nimagadir o'yinim ko'ngildagidek emasdi.

- Sizningcha Sergey Lushan qanday murabbiy?
- Tabiiyki, yaxshi mutaxassis. Uning taktikalari bizga yoqyapti. Ko'proq evropacha uslubda ishlaydi.

- Lushanning taktikasiga moslashib bo'ldinglarmi yoki bu jarayon davom etyaptimi?

- Moslashish jarayoni hali ham davom etmoqda. Hali 100 foizga ko'nikkanimiz yo'q. Ammo umid qilamanki, vaqt o'tgan sari Sergey Lushanning uslubini puxta o'zlashtirib olamiz.

- Navbatdagi turda “Olmaliq” mehmoni bo'lasizlar. Bu uchrashuv turning markaziy o'yiniga aylanadi. O'tgan yili esa olmaliqliklar darvozasiga uchta gol urgansiz.
- Yana bir bor g'alaba qozonishni niyat qilamiz. Lekin “Olmaliq”qa qarshi uchrashuv har qachongidan ham qiyin o'tishi aniq. SHu paytgacha ular bilan o'tkazgan o'yinlarimiz oson kechmagan. Garchi bizga og'ir bo'lsa-da, yutishga urinib ko'ramiz.  



- Muxlislarni borgan sari gollaringizga ko'niktirib qo'ymoqdasiz. SHu bois yana sizning ijroingizda gol ko'rishni kutishmoqda.
- Xudo xohlasa harakat qilaman. Balki yana dubl yoki xet-trikka erisharman. Buni Xudo biladi.

- Darvoqe, “Mashal” darvozasiga kiritgan uchta golingizni kimga bag'ishladingiz?

- Gollarimni ko'pincha ota-onamga, yaqinlarimga bag'ishlayman. Qolaversa, bizni qo'llab-quvvatlab turgan muxlislarimizga ham bag'ishlayman.

- Oxirgi paytlarda o'yin bo'yicha o'sishga erishyapsiz. Bunday pallada yosh bo'lganingiz tufayli yulduzlik kasaliga duch kelib qolishingiz ehtimoldan holi emas. Bu holatni sezib boryapsizmi?
- Yulduzlik kasali ozgina bo'lsa-da, sezilib qolsa o'zimni bosishga harakat qilaman. Bu holat hamma o'yinchida ham bo'ladi. Har bir uchrashuvdan oldin va keyin dadam menga qo'ng'iroq qiladi. O'zi futbolning ichida yurgani uchun uni yaxshi tushunadi. SHu sababli har doim yuldizlik kasaliga tushib qolmagin deb uqtirib keladi.  

- Siz uchun yulduzlikdan qochish qiyin bo'lmayaptimi?
- Yulduzlik kasaliga uchramayman va bu holat qiyin bo'lmayapti.

- Ukangiz Sanjar Rashidov “So'g'diyona” sharafini himoya qilyapti. Uning o'yinlari ham siz uchun qiziq bo'lsa kerak?
- U bilan ko'proq dadam gaplashadi. Men ham Sanjarga kerakli maslahatlarni berib turaman. Lekin nimagadir “So'g'diyona” jamoasida unga unchalik ishonch bildirishmayapti. Agar ishonch bildirishsa oqlaydi degan umiddaman.

- Siz ham o'z vaqtida “So'g'diyona”da to'p surgansiz va keyinchalik “Bunyodkor”ga ketdingiz. Jizzaxliklarning yoshlar tarkibida o'ynab yurgan o'yinchi vaqt o'tib “Bunyodkor”ning asosiy tarkibidan joy oldi. Bu holatda nima deya olasiz?

- Garchi to'liq bo'lmasa-da, ozgina ishonchim bor edi. Dadam ham “Bunyodkor”ga borib asosiy tarkibga kirish uchun kurash deb uqtirgandi. Hammasiga mehnatim orqali erishyapman. Boz ustiga Mirjalol Qosimov meni yoshlar tarkibidan asosiy jamoaga o'tkazgandi.

- Qosimov faoliyatingizda muhim ahamiyat kasb etadimi?
- Ha, katta ahamiyatga ega. Meni katta futbolga olib chiqqan Mirjalol Qo'shoqovich bo'ladi. Qosimov har tomonlama yaxshi murabbiy.

- Yutgandan keyin g'alabani qanday nishonlaysiz?
- Masalan, “Mashal” bilan o'yindan keyin g'alabani uyimdagilar bilan nishonladim. Albatta, jamoadoshlarim hamda murabbiylarimiz ham quvonchimizni baham ko'rdik.



- Futbolchi sifatida qanday maqsadingiz bor?
- Birinchi navbatda milliy terma jamoa bilan 2018 yilgi jahon chempionatida qatnashish maqsadidaman. O'zbekiston shanini munosib himoya qilib xalqimizni xursand qilishni istayman. Bundan tashqari Evropa maydonlarida ham to'p surishni niyat qilaman.

- Qaysi chempionatda o'ynashni istaysiz?
- Ispaniya chempionatida to'p surishni xohlardim.

- Nima uchun?
- Qandaydir Ispaniya futboli menga yoqadi. Yoshligimda bu chempionatni kuzatib boraman.

- Qaysi klubga muxlislik qilasiz?
- “Real”ga!

- Sizni qachon xorijda ko'rishimiz mumkin?
- CHet elda to'p surish niyatim bor. Bir-ikki yildan keyin legioner sifatida xorijda faoliyatimni davom ettirmoqchiman.

- Bungacha xorijdan takliflar bo'lganmi?
- To'g'risi bilmayman. Asosan murabbiylar hal qilishadi. Albatta, ilgari orqavarotdan eshitganman. Lekin o'zimga aytmagunicha ishonmayman. Bizning birinchi navbatdagi maqsadimiz O'zbekiston Kubogini qo'lga kiritishdan iborat. SHuningdek, chempionikka ham harakat qilamiz. Kubokka yaqin turganimiz uchun uni qo'lga kiritmoqchimiz. O'tgan yili “Paxtakor”ni finalda yutganimizdan keyin ham rosa quvongandik. Bu safar ham o'sha quvonchni his qilmoqchimiz. 


FIRDAVSXON suhbatlashdi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика