Sardor Rashidov: "Lokomotiv"ga hozir g'alaba juda muhim"
31 mar 2018 12:04
Yangiliklar
Sardor Rashidov: "Lokomotiv"ga hozir g'alaba juda muhim"
Kunning eng qiziqarli o'yinlaridan biri Olmaliqdagi “OKMK” stadionida kechadi. Unda mamlakatimizning amaldagi chempioni – “Lokomotiv” AGMK jamoasi mehmoni bo'ladi.
Mazkur o'yin oldidan “temiryo'lchilar” jamoasi etakchilaridan biri Sardor Rashidov klub rasmiy saytiga o'z fikrlarini bildirib o'tdi:
– AGMK bilan o'yinga jamoamiz jiddiy tayyorgarlik olib bordi. Zero bugungi o'yinda g'alaba bizga suv va havodek zarur. SHu sababli ham “Lokomotiv” maydonga faqat 3 ochkoni ko'zlagan holda chiqadi. Milliy terma jamoa yig'inidan so'ng “Loko” mashg'ulotlariga qaytib keldik va o'yinga imkon qadar yaxshi tayyorlanishga urindik. Umid qilamanki, bugun o'z muxlislarimizga chiroyli g'alaba taqdim qila olamiz, – dedi mahoratli futbolchi.
Takidlab o'tamiz, AGMK – “Lokomotiv” o'yini soat 18:00da start oladi.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
"Бухоро" Табатадзенинг голи эвазига "Арал"ни ютиб, Суперлигада қолди!
The Best 2025. ФИФАнинг 2025 йилнинг энг яхши футболчиси соврини учун номзодлар рўйхати эълон қилинди
"Арқадағ" мавсумдаги барча ўйинда ғалаба қозониб, учинчи бор Туркманистон чемпиони бўлди
Fikrlar