So’nggi yangiliklar

12:59Рубен Диаш: “Ман Сити”да янги ўйинчилар пайдо бўлди, лекин сифат ўзгармаган"  0 12:17Уэйн Руни: “МЮнинг ўтган ёзгача бўлган трансфер сиёсати даҳшатли эди"  0 11:53Ўзбекистон U-23 терма жамоаси асосий таркиби эълон қилинди  3 11:37Рауль Кумар: "Қатарга узоққа бориш мақсадида ташриф буюрганмиз ва биздан шуни кутишмоқда"  3 11:10Хорватия U-17 бош мураббийи: "Ҳеч қандай рақибдан қўрқмаймиз"  20 10:52"Ливерпуль" Салоҳга ўринбосар топди  1 10:24АПЛ клуби Родриго трансфери бўйича "Реал" билан музокараларни бошлади  0 09:56Дешам ЖЧ-2026дан кейин қайси клубни бошқариши мумкинлиги маълум бўлди  1 09:28"Ливерпуль" январда ПСЖ етакчиси учун 130 миллион евро тўлаши мумкин  2 08:59Месси: "Мен бутун умримни "Барса"да ўйнаб ўтказаман, деб ўйлагандим"  3 08:31"Челси" "Реал" тарбияланувчисини сотиб олмоқчи  3 08:03Ўзбекистон Хорватия баҳсининг бошланиш вақти маълум  24 07:35Sofascore. Йирик ҳисоб қайд этилган баҳсда футболчиларимиз неча баҳога лойиқ кўрилди?  3 01:18Муҳаммад Ҳакимов: "Тикланиб олишимиз керак"  3 00:18Сайфиддин Содиқов: "Бош мураббийимизнинг кўрсатмаларини тўлиқ бажара олмадик"  4

Sardor Rashidov: "Kuper hozir himoyaviy o'yinni shakllantiryapti" Yangiliklar

Sardor Rashidov: "Kuper hozir himoyaviy o'yinni shakllantiryapti"

O'FA matbuot xizmatining Sardor Rashidov bilan uyushtirgan intervyusini taqdim etamiz.


- Sardor, avvalambor taklifimizga labbay deb javob berganingiz uchun minnatdorchilik izhor etmoqchimiz. Muxlislarni ko'plab to'planib qolgan savollari bor. Ana shu savollarni o'rtada vositachi bo'lib men berman va imkon qadar javob berishga harakat qilasiz.

- Ana endi O'zbekiston terma jamoasi bilan o'quv yig'in mashg'ulotiga chaqirildingiz, bu erdagi Turkiyadagi, Antaliyadagi yig'ilishga. Lekin Avstraliyaga ko'rdik o'zim ham bordim birga, yigitlar bilan. Yo'q edingiz. Sizni masalangizda ham har xil gaplar bo'lgandi. Yani, o'sha Suriya terma jamoasi bilan kechgan uchrashuvda o'yiningiz juda ham yoqqanligi, keyin esa o'yinni qaytadan ko'rib olib, "Yo'q! Orqaga qaytmas ekan" degan mazmundagi etirozlar yangraganligi haqida eshitgandik. SHu qanchalar rost? 

- To'g'risini aytsam, o'zim ham eshitdim bu haqda. "Orqaga, himoyaviy o'yinga uncha yordami tegmaydi" deb. To'g'risi, o'zim ham tan olaman, 100 foizlik orqaga qaytib, himoyaviy o'yin ko'rsatishga moyilligim yo'q. Ammo, Avstraliya va Qatar bilan o'yindagi yig'inda jarohatim ham bor edi. CHaqirilsam ham, milliy terma jamoaga yordam bera olmasdim. Bu orqaga qaytib yordam bermasligim, men uchun endi qanaqadir bir dars bo'ldi. Albatta murabbiyni aytgan so'zini eshitdim. Kelgusi o'yinlarda orqaga qaytib, milliy terma jamoamizni o'yiniga yordam berib murabbiyni xohlagan ishini qilishiga harakat qilaman.

- Siz Qatarda "Al-Jazira" jamoasida o'ynagan paytingiz Lyamushining uslubi biroz shunaqaroq bo'lgan. Yani himoyadan hujum uyushtirish, himoyadan birdaniga oldinga chiqish uslubi Kuperda azaldan bor. SHunga balki sizga oson bo'lar yoki Lyamushi bilan farqi bormi Kuperning taktikalarini?

- To'g'risini aytsam, Lyamushi uchta oldingi hujum qiladigan o'yinchilarni uncha ortga qaytishini o'zi ham tavsiya qilmasdi. Oldida qolib, ko'proq gollar urish va jamoaga g'alaba olib kelishini xohlardi. Endi u arab futboli. Kuper - bu Evropa futbolini, katta o'yinlarni ko'rgan murabbiy. Hamma mutaxassisning o'zini chizgilari, futbolga bo'lgan qarashlari bor. Biz jamoamiz bosh murabbiyining ishonchini oqlab, bergan ko'rsatmalarini maydonda bajarishga harakat qilamiz.

-  Muhlislar xohlashsa, xohlamasa Osiyo Kubogi-2015da porlagan Sardor Rashidovni kutishyapti. Lekin, oxirgi 1-2 yil, ayniqsa ikki yil davomida "Lokomotiv"da ham zaxiraga ko'proq o'tirib qolganingiz, bular jarohat bilan bog'liqmi yoki rostan ham o'yiningizda ruschada aytganda, "spat" bo'ldimi? 

- To'g'risini aytaman faqat, "Lokomotiv"da menga unaqa 100 foizlik imkon berilgani yo'q. Murabbiyga ham, klub bosh rahbarlariga ham bu narsani aytganman. Ikkinchidan, boshqa davlatdan kelib o'ynash biroz qiyin bo'lgani ham rost. Oxirgi marta O'zbekiston chempionatida 3 yil avval o'ynaganman. Nasib bo'lsa, muxlislar Osiyo chempionatida 4 yil avvalgi Sardor Rashidovdan kuchli futbolchini ko'rishadi.

- Bugungi terma jamoamiz haqida muxlislarda ikki xil fikr bor. Yani bazilar aytishyapti. O'tish davri bor-ku, misol uchun Geynrix ketdi. Odil Ahmedovni yoshi futbol tili bilan aytganda, faxriylarga qarab ketyapti. Baribir, yangi avlod kirib kelayotgandek va buning ustiga 23 yoshlilar o'rtasidagi turnirlarda g'alaba qozongan olimpiya terma jamoasi yigitlaridan deyarli tashkil topgan, hozir ko'ryapmiz. Ikkinchi tomon esa, yo'q qanotlarda o'ynayotgan futbolchilar, Doston misol uchun, siz, Jaloliddin Masharipov, Aziz Turg'unboevni ham oladigan bo'lsak, o'rtada Sidiqov, oldingi davrga qaraganda ko'proq fint qiladigan futbolchilar aynan mana shu davrda yig'ilib qolgan va bu Kuperning jamoaviy qarashlariga biroz halaqit beradi deb aytishyapti. Qaysi biriga qo'shilasiz? O'zi qanaqa jamoa hozirgisi...

- Endi hozir yoshi katta futbolchilar kamaydi termada. Haydarov, Denisov o'zingiz aytganingizdek, yig'inga chaqirilmadi. Bu narsa qaysidir manoda o'z tasirini ko'rsatadi. CHunki, bu futbolchilar xohlaysizmi, yo'qmi ikkita uchta Osiyo o'yinlari, Jahon chempionatiga saralash bahslarini ko'rishdi. Hozirgi chaqirilgan ayrim futbolchilar faoliyatida birinchi marta Osiyo chempionatiga borishadi. Fintlar... Ushbu savolingizga, bu yordam beradi, albatta. Har bir futbolchi o'yinni o'z qo'liga olib, masalani hal qilishi uchun kerak bo'ladi.

- Kuperning uslubida murabbiy shunga ruxsat beryaptimi?

- To'g'risini aytsam, Kuper hozir himoyaviy o'yinni shakllantiryapti. Oldindagi futbolchilarga himoyaga qaytib, xato qilmasdan harakat qilish va hujumda erkin o'ynash imkoniyatini yaratib bermoqda.

 - Kuperning tayyorgarligi boshqa murabbiylardan qay jihatlarii bilan farq qiladi? Boshqa murabbiy bo'lib ishlagan mutaxassislarimizga hurmatini joyiga qo'ygan holda, qaysi afzallik taraflarini ko'rdingiz? Yoki umuman yangilik ko'rdingizmi, hayron qolgan jihatlaringiz bormi?

- Kuperda jamoaviy o'yinni shakllantirishni ko'rdim. Nafaqat maydonda, tashqarida ham. Qolaversa, mashg'ulotlarda ham jamoaviy o'yin. Hamma narsada Kuper jipslashib harakat qilish uslubidan foydalanishini ko'rdim. SHu narsa men uchun yangilik bo'ldi.

- Uslub, demak misol uchun ertaga bizni uyaltirib qo'ymaydi-a?

- Yo'q, Hudo xohlasa uslub bizni uyaltirmaydi. Kuper jamoa o'yinini, uslubini o'zgartirdi. Oldingi yig'inlarga qaraganda hozirgisini biroz hujumkorroq deyish mumkin. Taktika tomondan ham ancha o'zgarish bo'ldi.

- Bungacha 0:4 hisobi (Janubiy Koreya bilan o'yindagi) baribir tasir qilgandi. Baribir...

- To'g'risini aytsam, 0:4 hisobi ham tasir qilgandir balki.

- Keyin birinchi, ikkinchi o'yininglar Ummon hamda Turkmaniston terma jamoalari bilan. Yaponiyaga qarshi uchrashuv bilan musobaqa boshlanganida, ehtimol Kuper boshqacharoq qarardi.

- Yo'q, siz hozir noto'g'ri o'ylayapsiz. CHunki, men Ummonni Yaponiyadan kuchsiz deb o'ylamayman. Ummon va Turkmanistonga qarshi o'yin oson bo'lmaydi. Arablar o'rtasida o'tkaziladigan "Gulf" turnirinning amaldagi chempioni va shu musobaqada oxirgi 8ta o'yinni yutqazmagan jamoa sifatida Ummon bizga noquly raqib hisoblanadi. Buning ustiga, biz ularga 4 bor mag'lub bo'lganmiz va faqat bitta o'yinda g'alaba qozonganmiz. O'ylashimcha, Yaponiyadan ko'ra Ummonga qarshi to'qnashuv, biz uchun eng qiyini bo'ladi. Bu terma jamoa himoyaviy o'yin ko'rsatadi va qarshi hujumga chiqib keta oladi. Agar, birinchi turda Ummonni yutsak, keyin bizga osonroq bo'ladi, deb hisoblayman.

Reyting: +55   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика