So’nggi yangiliklar

16:03Ўзбекистон терма жамоаси етакчиларидан яна бири Эронга йўл олмоқда  5 15:49Нега Эрон клублари ёппасига ўзбекистонлик футболчиларни олмоқда? Ҳамма гап ФИФА берадиган пулдами?  3 15:2715 йилдан бери "Реал" шарафини ҳимоя қилган клуб тарбияланувчиси жамоани тарк этади  1 15:01"Лейпциг" 20 млн. еврога 18 ёшли вингер сотиб олди  0 14:31МЮ 2025/26 мавсум учун сафар формасини намойиш этди  0 14:00Мадуэке - "Арсенал" футболчиси  0 13:40Эронлик журналист: Эрон терма жамоаси CAFA мусобақасида легионерларсиз иштирок этади  6 13:32Равшан Ҳайдаров: "Мираброр Усмонов хотира турнири орқали ҳозирги кучимиз ва даражамизни синаб оламиз"  2 13:30"Чуқурроқ кавласанг, бизнинг футболда кўпчиликни қамаш мумкин"  2 12:59ЖЧ-2026 саралаши. Эртага Тимур Кападзе 4-босқичга қуръа ташлайди  16 12:45"Ливерпуль" Исак трансфери амалга ошмаса, 5 нафар номзодларни кўриб чиқмоқда  4 12:30Малайзия CAFA мусобақасида иштирок этмайдиган бўлди. Бунинг сабаби ҳам маълум  22 12:00"Ювентус" Санчо учун 17,3 миллион евро таклиф қилди, МЮ эса кўпроқ сўраяпти  0 11:42Transfermarkt: "Навбаҳор" бразилиялик марказий ҳимоячи билан шартнома тузди  10 11:37Эрон Про лигасидаги таниқли легионерлар, улар орасида АПЛда ўйнаган футболчи ҳам бор  1

Sardor Rashidov: "Finalda Franciya va Braziliya to'qnash kelsa kerak" Yangiliklar

Sardor Rashidov: "Finalda Franciya va Braziliya to'qnash kelsa kerak"

Qatardagi Jahon chempionatida guruh bosqichi uchrashuvlari yakunlandi.

Nomdor futbolchilarga ega Germaniya va Belgiya terma jamoalarining guruhda qolib ketgani ko'pchilikni ajablantirgani bor gap. Biroq ushbu mundial shuni ko'rsatyaptiki, endilikda qolgan jamoalar shunchaki ishtirok uchun emas, balki uzoqroqqa borishni maqsad qilgan holda harakat qilyapti.  Ayni paytda Qatarda bo'lib turgan o'zbekistonlik futbolchi Sardor Rashidov yuz bergan sensaciyalarga munosabat bildirdi. 

- Jahon chempionatida qaysi uchrashuvlarga borishga ulgurdingiz? Kichkinda mamlakatda shunday katta musobaqani o'tkazish qanday ketyapti?

- Ushbu mundialda Portugaliyaga muxlisman va shu jamoa ishtirokidagi uchrashuvlarga kirmoqdaman. Qatarda Jahon chempionatini o'tkazish unchalik muammo bo'lgani yo'q. Musobaqa juda yaxshi tashkillashtirilyapti, deya olaman. O'zbeklarda puling bo'lsa haltada, degan maqol borku (kuladi). 

- Mezbon Qatar terma jamoasining guruh bosqichidagi ishtiroki va o'yinlari mahalliy aholida norozilik yoki etirozli holatlarni yuzaga keltirmadimi? Odamlar qanday qabul qildi? 

- Yo'q. Aksincha bu Jahon chempionati arab diyori uchun katta yangilik bo'ldi. 

- Belgiya va Germaniyaning guruhda qolib ketishi turnirning sensaciyasimi?

- To'g'risini aytsam faqat Portugaliyaning o'yinlarini ko'ryapman. Germaniyaning erta tark tark etishi kutilmagan voqea sifatida aytish mumkin. Ammo hozir barcha jamoalar optimal sport formasida. Evropada mavsum davom etayotgani uchun futbolchilar bunday uchrashuvlarga tayyor holda keldi. Belgiyaga kelsak, "oltin" avlod yakunlandi, xolos. 

- Finalda qaysi jamoalar bir-biriga ro'baro' kelishini istaysiz?

- Fikrimcha, Franciya va Braziliya finalda uchrashsa kerak. CHunki bu terma jamoalar juda kuchli futbol namoyish etmoqda. 

- Sizningcha guruh bosqichining eng yaxshi futbolchisi kim bo'ldi?

- Kilian Mbappe. Kashfiyot futbolchi hali ko'rmadim. Oldinda hali bahslar ko'p. 


Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика