Sardor Rashidov: Evropaga ketishni istayman
17 fev 2015 15:37
Yangiliklar

Sardor Rashidov: Evropaga ketishni istayman
Sardor Rashidovning iqtidori haqida anchadan buyon fikr-mulohazalar yurardi. O'tgan mavsumda yarim himoyachi nihoyat, mana shu iqtidorini kutilganidan ham ziyoda qilib namoyish etdi.
Aynan Sardorning harakatlari tufayli Bunyodkor o'yiniga o'zgacha joziba qo'shildi. SHu sababli ham Inter FUTBOL nashri Sardor Rashidovni Mavsum kashfiyoti degan nomga munosib ko'rdi. Sardorga ushbu sovrin Bunyodkorning yangi mavsum oldidan o'tkazgan taqdimot marosimi vaqtida topshirildi. Jamoa va jurnalistlar ishtirokidagi taqdimotdan so'ng Sardor Rashidov bilan muloqotda bo'ldik.
- Sardor, avvalo sizni mukofot bilan yana bir bor tabriklaymiz. Kelajakda bundan ham ulkanroq etiroflarga sazovor bo'lishingizni tilaymiz.
- Rahmat. Men ham o'z navbatida Inter FUTBOL nashriga bu sovrin uchun rahmat aytmoqchiman. Kamtarona mehnatim shunchalik etiborga olinganidan xursandman. Bu sovrinda o'zimdan ham ko'ra jamoadoshlarimning mehnati ko'proq deb bilaman. Futbol - jamoaviy o'yin. SHunday ekan, undagi yutuqlar ham jamoaviy bo'ladi. Bu etirofda mendan ham ko'ra jamoadoshlarimning hissasi katta, deb o'ylayman. SHuningdek, klubimiz muxlislariga ham alohida rahmat aytmoqchiman.
- Sizning faoliyatingizda Avstraliyada o'tgan Osiyo kubogi muhim o'rin tutishi turgan gap. CHunki, shu musobaqadan so'ng xorij klublari etiboriga tushdingiz.
- O'zbekiston terma jamoasi libosida o'tkaziladigan har qanday uchrashuv futbolchi uchun muhim bo'ladi. Osiyo kubogiga keladigan bo'lsak, undan turli hissiyotlar qoldi. Bu musobaqa biz uchun omadli keldi, deb o'ylamayman. Aslida, biz yana-da uzoqroqqa borishimiz mumkin edi. Afsuski, hamma imkoniyatlardan foydalana olmadik. Buning uchun avvalo, muxlislardan kechirim so'ramoqchiman. Nasib qilsa, keyingi o'yinlarda g'alabalarga erishib, ularning oldidagi qarzimizni uzamiz.
- Osiyo kubogida dastlabki ikki uchrashuvda zaxiradan maydonga tushdingiz. Buning uchun murabbiylardan xafa bo'lmadingizmi? Har holda o'zingizni ko'rsatish imkoniyati ko'proq bo'lardi.
- Aslo. Terma jamoa manfaati yo'lida bir futbolchining istagi hech qachon inobatga olinmaydi. Hech bir futbolchi asosiy tarkibda maydonga tushmagani uchun murabbiydan xafa bo'lmasligi kerak. Bunga haqqi yo'q. Men bosh murabbiy talabiga ko'ra istalgan vaqtda zaxirada qolishga ham, istalgan vaqtda maydonga tushishga ham tayyorman. Agar umuman maydonga tushmasam ham, jamoamiz g'alabaga erishsa, bundan ko'proq xursand bo'laman. Aksincha, gol ursam-u, lekin g'alabaga erisha olmasak, bunday gol o'zimga ham tatimaydi.
- Sardor, sizning iqtidoringiz hammaga yaxshi malum. Ammo faqat 23 yoshga to'lgach, mana shunday etirofga erisha oldingiz. Sizda hech qachon kech qolyapman, degan fikr bo'lmaganmi?
- Yo'q, aksincha, hammasini o'z vaqtida bajarmoqdaman. Futbol shunday sportki, unda turli yoshda o'zingni ko'rsatishing mumkin. Kimdir 17-18 yoshda porlab chiqadi, boshqalar esa sal kechroq. Ammo erta porlab, erta so'ngandan, hammasi o'z vaqtida bo'lgani yaxshi. Meni hali oldinda uzoq yillik faoliyat kutib turganiga ishonaman. O'yinimni kuchaytirish uchun qo'limdan kelgan barcha ishni qilaman. Mashg'ulotlarda qattiq ishlayman va mahoratimni yana-da kuchaytiraman. Oldimga qo'ygan maqsadlarim katta va nasib qilsa, ularga albatta erishaman.
- Hozir ko'plab muxlislarni qiziqtirayotgan masala - Sardor Rashidov faoliyatini qaysi jamoada davom ettiradi, degan savol...
- Hozircha bu haqda aniq bir gap ayta olmayman. CHunki, butun xayolim OCHL saralashi doirasida Bunyodkor tarkibida Al-Jaziraga qarshi kechadigan uchrashuvga qaratilgan. Nasib qilsa, shu o'yinni yutib olaylik, keyin bir narsa deyish mumkin. Takliflar bor albatta, ammo hozir ularni ko'rib chiqishni istamayman.
- Qanday klublardan taklif bo'layotganini ayta olasizmi?
- Aniq qaysi jamoalar ekanini ayta olmayman. Ammo Osiyo klublari bilan birgalikda Rossiyaning CSKA va Ispaniya jamoalaridan ham taklif bo'lyapti. Osiyodan tushgan takliflarga jiddiy etibor qaratmayapman, imkon qadar Evropaga ketishni istayman. Al-Jaziraga qarshi kechadigan o'yin-dan so'ng hammasi aniq bo'ladi.
- Ispaniya klublari ko'rikka chaqirmoqdami yoki aniq shartnoma taklif qilinganmi?
- Hech qanday ko'rik haqida gap-so'z bo'lishi mumkin emas - mening talabim mana shunday. Bu haqda avvaldan aytib qo'yganman. Ispaniya jamoasi ham aniq taklif bilan murojaat qilgan. Ammo hozircha bu haqda gapirishni istamayman. CHunki, Evropada transfer mavsumi yakuniga etgan va faqat yozda shartnoma imzolash mumkin. Unga qadar esa ko'p narsalar o'zgarib ketishi mumkin.
- Siz shu vaqtga qadar JCH saralash o'yinlarini muxlis sifatida tomosha qilar edingiz. Endi terma jamoa etakchilaridan biri sifatida maydonga tushishingiz lozim. SHu vaqtgacha bizga nima etishmas edi, deb o'ylaysiz?
- Bilmadim. Bu haqda hech narsa deya olmayman. Bizda JCHga chiqish uchun har doim imkoniyat bo'lgan. Bu safar mana shu imkoniyatni amalga oshira olishimizga ishonaman. Nasib qilsa, jahon chempionati saralashi o'yinlarida bor kuch bilan o'ynayman. Muxlislar oldida qarzimiz katta va mana shu qarzni uzishga astoydil bel bog'laganmiz. Terma jamoada buning uchun hamma narsa bor. Nasib qilsa, albatta, 2018 yilgi mundialda ishtirok etamiz.

Fikrlar