So’nggi yangiliklar

09:15АПЛнинг кўплаб жамоаларидан қизиқиш бўлаётган Шешко келажаги борасида бир қарорга келди  0 08:46"Ал Насср" яна бир португалиялик ТОП футболчига таклиф билан чиқди  0 08:17Максим Шацких: “Ёзги йиғиндан ва селекциядан кўнглим тўлди”  1 07:45Суперлига. Бугун дахшат учрашувлар бор  9 07:20Суперлига. "Пахтакор" сафарда "Машъал" устидан ғалаба қозонди, ОКМК эса "Бухоро"ни мағлуб этди  0 00:4437 ёшли Куадрадонинг янги клуби маълум  4 00:11Вирц "Ливерпул"да қайси рақамни олди?  3 23:42Отабек Нарзуллаев: "Менга ёққан томони - футболчиларимиз охиригача курашди"  1 23:22Камолиддин Тожиев: "Танаффусдан кейин тезда тонусга тушиб олиш осон эмас"  2 23:10Миржалол Қосимов: "Иккинчи даврани ғалаба билан бошлашни мақсад қилгандик"  2 22:55"Истанбул Башакшехир" ўртоқлик ўйинида "Истанбулспор"ни минимал ҳисобда мағлуб этди, Шомуродов ва Файзуллаев баҳсда иштирок этди  10 22:49Улуғбек Бакаев: "Футболда шунақа: сен урмасанг, сенга уришади"  7 22:20Manchester Evening News журналисти "Ман Сити"нинг Ҳусанов бўйича режаларини хабар қилди  5 21:58Суперлига. "Пахтакор" "Машъал" устидан минимал ғалабага эришди  37 21:55Суперлига. ОКМК Қаршида "Бухоро"дан устун келди   17

Sardor Rashidov endi yosh bola emas (Mulohaza uchun mavzu) Yangiliklar

Sardor Rashidov endi yosh bola emas (Mulohaza uchun mavzu)

Kecha oliy liganing 1-tur o'yinlariga start berildi. "Bunyodkor" o'z maydonida "Buxoro"ni qabul qilib, 2:0 hisobida g'alaba qozondi.
Lekin bu uchrashuvda ham Sardor Rashidov o'zidan kutilgan o'yinni namoyish qila olmadi. U kiritilgan gollarda ishtirok etmadi, buning ustiga keraksiz vaziyatda sariq kartochka oldi. Faqat "Bunyodkor"ning g'alaba qozongani unga va jamoa muxlislariga taskin bersa ajab emas.

Osiyo Kubogi yodingizdami? Terma jamoamiz Xitoydan mag'lubiyatga uchragach, hamma tanqid qilingandi. Bosh murabbiydan tortib futbolchilargacha. Natijada Saudiya Arabistoni bilan kechgan bahsda biz butunlay boshqa jamoani ko'rgandik. Ayniqsa, 4-raqamda to'p tepgan futbolchining harakatlaridan hamma zavq olgandi. Bu yigitcha Sardor Rashidov edi.

Men Rashidovni oldindan bilardim, ammo aynan Saudiya Arabistoniga qarshi uchrashuvdan so'ng uni o'zim uchun boshqatdan kashf qildim. Bizdan yana bir iqtidorli futbolchi etishib kelyapti deb ich-ichimdan quvongandim o'shanda. Lekin nimagadir jizzaxlik futbolchida Osiyo Kubogidan keyin pasayish yuzaga kelgandek. Sardor Rashidov "Persepolis" bilan o'yinda ham, kecha o'tkazilgan "Buxoro" bilan bahsda ham aytarli hech narsa qila olmadi.



Evropada ko'p bora ko'rganmiz, yoshlar bir yaxshi o'yin ko'rsatgach, shu tempni yo'qotmasdan olg'a boraverishadi. Lekin Saordor bilan yuzaga kelgan vaziyatni hech tushunmayapman. Unga nima bo'ldi? "Yulduzlik kasali"ga chalinib o'zini yo'qotib qo'ydimi yo oliy ligada to'p tepgisi kelmay qoldimi? Xullas, nima bo'layotganini bilmayman, biroq fakt shuki, uning o'yini qovushmayapti.

Kecha matbuot anjumanida bu haqda "Bunyodkor" bosh murabbiyi Sergey Lushandan so'raganimizda quyidagicha javob oldik. "Men oldin ham aytganman va yana qaytarishim mumkin, Sardor Rashidov hali yosh futbolchi. U o'sishda davom etyapti. Bunday yoshda bosim ostida qolib, keyinchalik undan chiqib ketish oson emas. Qolaversa, matbuot ham Rashidovni ko'p maqtab yuboryapti. Bu esa tasir qilmasdan qolmaydi. Bundan tashqari, Sardorning qanday harakat qilishini raqiblar o'rganib olishdi va uni "yopib" qo'yishyapti. Sardor texnikasini o'stirishi lozim, shunda yanada yaxshi o'yin ko'rsatadi. Men uchun jamoa himoyalanayotganda Rashidovning to'pni olib qo'yishga harakat qilmasligi uncha muhim emas. Men uchun muhimi, jamoa hujumga o'tganda uning qanday o'ynashi. Rashidov hali tayyor bo'lmagan futbolchi. U Ronaldu ham, Messi ham emas. Futbolchini tinmay maqtayverishsa, u "sinib" qolishi mumkin" - dedi Sergey Lushan.

SHu o'rinda ikki og'iz gap. Avvalo murabbiyning Rashidov hali yosh degan fikriga qo'shilmagan bo'lardim. CHunki u 24 yoshga qadam qo'ydi, 17-18ga emas. Qolaversa, 24 yoshli futbolchi matbuot tasiriga tushib qolishi kerak emas. Tushib qolgan taqdirda ham, uni bu atmosferadan olib chiqib keta oladigan shaxs birinchi navbatda bosh murabbiy hisoblanadi. Ikkinchidan, madomiki Rashidovning o'yinini boshqalar o'rganib olayotgan ekan, uning yanada ko'proq kuch bilan ishlashiga to'g'ri keradi. Yulduz bo'lish oson emas, buning uchun barcha qiyinchiliklarni engib o'tish lozim. Masalan, Ronalduni ham har o'yinda doim ikki futbolchi qo'riqlab yurishi mumkin, lekin u baribir imkon topadi va gol uradi. Rashidov ham o'zimizning oliy liga saviyasida Ronaldudek bo'lishi kerak. Undan talab qilinadigani bitta: ishlash va yana ishlash. Raqiblar uni o'rganib olishdimi? U boshqa yo'llarni qidirsin. Nimadir yangilik o'ylab topsin.

"Persepolis" bilan o'yinga 20 mingdan ziyod muxlisning aksariyati Sardor Rashidovni ko'raman deb kelgandi. Lekin nu kuni nima bo'ldi? "Bunyodkor" mag'lubiyatga uchradi, buning ustiga Rashidovning o'yini chiqmadi. Bizda odamlarning xarakterini bilasiz, bir qo'l siltasa tamom, shu bilan stadionga boshqa kelmay qo'yadi. Kechagi o'yinga esa nari borsa bir yarim ming odam kelibdi. Ko'ryapsizmi, salkam yigirma baravar kam. Hozirgi futbolda muxlislarni stadionga qaytarishning yo'li faqat g'alaba qozonish emas, balki tarkibda ajabtovur o'yin ko'rsatadigan futbolchi bo'lishi ham katta rol o'ynaydi. CHunki odamlar bir xil plandagi futbolchilardan zerikib qolishgan. Ularga shou qilib beradigan futbolchi kerak. Sardor Rashidov esa maydonda aynan shoumen bo'la oladigan futbolchi. Undan umidimiz juda katta. Qolaversa, u endi yosh bola emas.

X.Xoliqov.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика