So’nggi yangiliklar

21:16"Манчестер Сити" — "Челси". Таркиблар маълум  1 20:53"Реал"га Бернарду Силвани таклиф қилишди. "Қаймоқранглилар”нинг бунга жавоби маълум  2 20:10АПЛ. "Манчестер Юнайтед" "Лидс"ни мағлуб эта олмади  19 19:01А Серия. "Наполи" Римда "Лацио"ни қийинчиликсиз мағлуб этди  1 18:58"Реал Мадрид" — "Реал Бетис". Таркиблар маълум  19 18:37Ван Дейк Испания супер клубига ўтишни истаган эди  0 18:16"Челси" "Ньюкасл"дан Италия терма жамоаси футболчисини ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 17:50"Реал" икки юлдузидан қутулишни режалаштирмоқда  5 17:21Тунис терма жамоаси футболчиси: “Биз футболда 10 йил орқадамиз”  1 16:48Мармуш "Астон Вилла"га ўтиши мумкин  14 15:02Рамос фаолиятини Францияда давом эттириши мумкин  1 14:37"Реал" Винисиус бўйича қарор қабул қилди  8 14:14"Реал" "Тоттенхэм” ҳимоячисига даъвогарлик қилмоқда  0 13:50Алонсо "Реал"дан "Ливерпуль” юлдузини сотиб олишни сўради. "Қаймоқранглилар" 100 млн евродан ортиқ маблағ тайёрлаб қўйди  3 13:23"Кристал Пэлас" ўз форвардини "Манчестер Юнайтед"га сотишдан бош тортмоқда  0

Sardor Rashidov: “Bizga biroz vaqt bering” Yangiliklar

Sardor Rashidov: “Bizga biroz vaqt bering”

Muxlislar fikri bilan doimo qiziqib boradigan Sardor Rashidov kechagi o'yindan keyin saytimiz orqali muxlislarga murojaat qilishga qaror qildi.
"Avvalo so'nggi paytlarda jamoamizni “Bunyodkor” stadionida qo'llab-quvvatlayotgan muxlislarga rahmat aytaman. Bunday sharoitda to'p tepish to'g'risi bizga rohat bag'ishlayapti. OCHL o'z yo'liga, chempionatda ham shunday bo'lsa sizlarga jamoamiz nomidan katta rahmat aytaman. “Persepolis” bilan o'yinga to'xtalsam, natija uchun uzr so'rayman. Ko'p joyida mendan ham xato o'tdi. O'z ustimda ishlashga vada beraman. To'g'ri keyingi o'yinda xato qilmayman deb ayta olmayman. Ammo har bir o'rinli tanqidni 100 foiz to'g'ri qabul qilaman va o'z ustimda yanada ishlashga harakat qilaman. Bu otamning ham orzusi.

Jamoamizni ko'rayapsizlar, bu yil o'yinda o'sish bo'ldi, demak keyingi yil yanada yaxshi bo'lamiz. Avvalo shu jamoada ko'p yillar o'ynashni istayman, ammo imkon bo'ldi deguncha MTJ manfaati yo'lida kuchliroq chempionatga ketishni istayman. Endi “Lahviya”ga qarshi o'ynaymiz. Bu o'yin ham o'z maydonimizda bo'ladi, “Paxtakor” va “Bunyodkor” mazkur turda toshkentlik va Toshkent jamoalariga OCHLda befarq bo'lmagan muxlislarni quvontirishlariga ishonaman. Yana bir bor stadionga kelayotgan muxlislarga rahmat aytaman va ulardan uzr so'rayman", - deydi Rashidov
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика