So’nggi yangiliklar

17:52Диас "Ливерпуль"дан кетишга тайёр. "Барселона" ва "Бавария" янги таклифлар тайёрламоқда  0 17:37CAFA: Малайзия нотўғри иш қилди. Турнир саналари аввалдан эълон қилинган эди  3 17:00ЖЧ-2026га саволлар пайдо бўлмоқда. Уларга мусобақа стартигача жавоб топиш шарт   0 16:45Йоахим Лёв унга терма жамоадан таклиф бўлганини тасдиқлади  14 16:32Расман: "Сурхон" ҳужумчисини ижарага берди ва маҳоратли ярим ҳимоячиси билан хайрлашди  0 16:20"Навбаҳор"ни икки футболчи тарк этди  3 16:03Ўзбекистон терма жамоаси етакчиларидан яна бири Эронга йўл олмоқда  9 15:49Нега Эрон клублари ёппасига ўзбекистонлик футболчиларни олмоқда? Ҳамма гап ФИФА берадиган пулдами?  4 15:2715 йилдан бери "Реал" шарафини ҳимоя қилган клуб тарбияланувчиси жамоани тарк этади  5 15:01"Лейпциг" 20 млн. еврога 18 ёшли вингер сотиб олди  0 14:31МЮ 2025/26 мавсум учун сафар формасини намойиш этди  0 14:00Мадуэке - "Арсенал" футболчиси  0 13:40Эронлик журналист: Эрон терма жамоаси CAFA мусобақасида легионерларсиз иштирок этади  7 13:32Равшан Ҳайдаров: "Мираброр Усмонов хотира турнири орқали ҳозирги кучимиз ва даражамизни синаб оламиз"  2 13:30"Чуқурроқ кавласанг, бизнинг футболда кўпчиликни қамаш мумкин"  3

Sardor Rashidov: "Arab mamlakatlarida OCHL musobaqasi ikkinchi o'rinda turadi" Yangiliklar

Sardor Rashidov: "Arab mamlakatlarida OCHL musobaqasi ikkinchi o'rinda turadi"

Qatar yulduzlar ligasi chempionati yakuniga etishiga ham bor yo'g'i uchta tur qoldi.

Ushbu chempionatda bir qator futbolchilarimiz to'p tepishidan barchaning xabari bor. “Al Jaish” ichki chempionatda so'nggi bor “Muayder” jamoasiga qarshi bahs olib bordi va 2:1 hisobida g'alaba qozondi. “Al Jaish” safida harakat qilayotgan Sardor Rashidov ushbu bahsda o'z nomini tabloga yozdirib qo'ydi. Rashidov chempionat yakunlari haqida bizni qiziqtirgan savollarimizga javob berdi.

-  Ichki chempionatda oxirgi marotaba “Muayder” jamoasiga qarshi bahs olib bordinglar va qiyinchilik bilan g'alaba qozondinglar. Ushbu uchrashuvda kiritilgan gollarning biriga mualliflik qildingiz. O'yin haqida qanday fikr bildirasiz?

-  “Muayder” jamoasiga qarshi uchrashuvda muhim bo'lgan 3 ochkoni qo'lga kiritdik. Biz ushbu bahsda faqat g'alaba qozonish uchun maydonga chiqqandik. Raqib jamoa darvozasiga gol urib klubimga foyda keltirganimdan xursandman. 

-  CHempionat yakunlanishiga 3ta tur qoldi. Mavsum “Al Jaish” uchun qanday o'tmoqda?

-  Bu yilgi mavsum o'tgan yilgidek ajoyib tarzda o'tdi, deya olmayman. Lekin oldimizda ikkita kubok musobaqasi bor. Mana shu ikki sovrinni qo'lga kiritish uchun harakat qilyapmiz. Agarda shu kuboklarni ham qo'lga kirita olsak, mavsum biz uchun ajoyib tarzda o'tdi, deya olaman.

-  OCHL musobaqasi guruh bosqichiga chiqa olmaganinglarni inobatga olmasak, siz aytgan shu 2ta kubokni qo'lga kiritsanglar, shuni o'zi etarlimi?

-  Ha shunday, arab mamlakatlarida ichki chempionat birinchi o'rinda turadi. Keyin OCHL musobaqasi. SHuning uchun ham amir kubogi va Qatar kubogini qo'lga kiritsak bo'lgani. 

-  Lekin ichki chempionatda uchinchi o'rindasizlar. Mavsum yakunlanishiga 3ta tur qoldi. Birinchi o'rinni egallash uchun imkoniyatlar etarli deb o'ylasizmi?

-  To'g'risini aytsam, yo'q. CHempion bo'lishimiz juda ham qiyin. Buni rahbariyat ham tushinib turibdi. 


-  Sizningcha mana shunday omadsizlikka nima sabab bo'ldi?

-  Bu futbol. Futbolda hamma narsa bo'lishi mumkin. Bugun sen g'alaba qozonasan ertaga boshqasi. Bu butun jahon futbolida bo'ladigan holat. Kuchli jamoaga qarshi barcha klublar bor kuchi bilan o'ynaydi. 

-  Yaqindagina “Ash SHaxaniya” jamoasiga qarshi uchrashuvda jarima zarbasidan raqib darvozasiga ajoyib gol urdingiz. Bundan o'zingiz ham xursand bo'lgan bo'lsangiz kerak?

-  “Al Jaish” safida raqiblar darvozasini 27 bor ishg'ol qildim. Bundan juda ham xursandman. “Ash SHaxaniya” jamoasiga qarshi uchrashuvda jarima zarbasidan raqib darvozasini ishg'ol qildim. Ochig'i bunday bo'lishini kutmagandim. “Al Jaish” tarkibida ilk marotaba jarima zarbasidan gol urdim (kulib). 

-  “Al Jaish” tarkibida anchadan beri to'p tepyapsiz. Bilamizki Qatarda etarlicha muxlislarga egasiz. Ularga dastxad berishdan va muxlislaringiz bilan suhbatlashishdan o'zingizni olib qochmaysizmi?

-  Albatta yo'q, Qatarda ham o'zimga yarasha muxlisga ega bo'lganman. Ular bilan suhbatlashishdan qochmayman. Muxlislarni xursand qilish mening ishimga ham kiradi. 


Jahongir Sotvoldiev suhbatlashdi.


Reyting: +33   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика