Sardor Rahmonov: "Neftchi"da qolib jamoaga yordam berishni istayman"
19 jan 2017 17:15
Yangiliklar
Sardor Rahmonov: "Neftchi"da qolib jamoaga yordam berishni istayman"
"Ertalab jismoniy holatimizni yaxshilash uchun mashg'ulotlar olib borayapmiz. "Metallurg"ga yirik hisobda yutqazdik. Qiziqarli o'yin bo'ldi. Bu yil jamoamiz yangidan tuzilmoqda. Ko'plab yoshlar maydonga tushishdi. Hisobni inobatga olmaganda yaxshi o'yin bo'ldi.
Ikkita jamoadan taklif oldim. Ulardan biri Toshkent klubi, faqat shuni ayta olaman xolos.
Oldin "Lokomotiv"da o'ynaganman, agar taklif qilishsa balki qaytarman. Bu jamoaning taklifini hech kim rad qilmasa kerak menimcha.
O'zimga qolsa "Neftchi"da qolib jamoaga yordam berishni istayman. Murabbiylar ham shuni istashmoqda. Endi barchasi rahbariyatga bog'liq. Klub oldiga aniq vazifa menimcha mavsum boshlanishi arafasida qo'yilsa kerak", - deydi Sardor Rahmonov.
Jahongir Sotvoldiev
Fikrlar