So’nggi yangiliklar

00:32Расман: "Милан" Павлович трансферини эълон қилди  1 00:01"Атлетико" "Барселона" ҳимоячисини сотиб олмоқчи  0 23:31ЕЧЛнинг янги формати тасдиқланди: анъавий гуруҳ босқичи ўтмишга айланди, қуръани махсус компьютер ўтказади  9 22:30Аёллар футболи афсонаси Марта ўзининг Олимпиададаги катта эҳтимол билан сўнгги ўйинида қизил карточка олди  1 21:43Расман: АПЛ "Манчестер Сити"ни жаримага тортди  2 21:18Килиан Мбаппе ўзи ўйнаган клубни расман сотиб олди  2 20:49Юрген Клопп қачон мураббийликка қайтиши ҳақидаги саволга жавоб қайтарди  3 20:25Расман: "Насаф" сербиялик вингер трансферини эълон қилди  8 19:46Суперлигада тоза ўйин вақти ошди  6 19:20"Боруссия" "Манчестер Сити" футболчисини сотиб олади  0 18:43Расман: U-20 Осиё кубогида чемпион бўлган футболчимиз легионерга айланди  8 18:18Флик "Барса" ҳақида: "Манчестер Сити"дек иш тутмоқчимиз"  0 17:41"Барселона" Европа чемпионининг трансфери устида ишлашни бошлади  3 16:53"Пахтакор" фахрийлари 11 август куни Минскда "Динамо"га қарши ўйнайди  8 16:11Ўзбекистон терма жамоаси амалдаги Жаҳон чемпионига қарши ўйнайди  9

Sardor Rahmonov: "Mashal"dan ketayotganimda bir kun qaytaman deb o'ylagandim" Yangiliklar

Sardor Rahmonov: "Mashal"dan ketayotganimda bir kun qaytaman deb o'ylagandim"

O'zbekiston o'smirlar va yoshlar terma jamoasi sobiq himoyachisi Sardor Rahmonov mavsum boshida bir necha yillik tanaffusdan so'ng oliy ligadagi debyutini nishonlagan Muborakning "Mashal" klubiga qaytdi.

Biz himoyachi bilan bog'lanib suhbat qurishga qaror qildik.

- Futboldagi dastlabki qadamlar qaerda qo'yilgan?

- Ko'pchilik bilsa kerak Sirdaryo viloyati Yangier shahrida tug'ilganman. Dadam futbolga juda ham qiziqadilar. Aynan ular tufayli futbolga kirib kelganman desam bo'ladi. Yoshligimda "Yangier" klubining birinchi ligadagi barcha o'yinlariga olib borardilar. 8 yoshimdan Yangierdagi BO'SMga qatnay boshlaganman. Keyinroq "Yangier futbol maktab internati"da o'qiy boshlaganman. Futboldagi birinchi birinchi murabbiyim Jumanazar Norbekov bo'ladilar. Keyinroq Aleksandr Deleverondan ham futbol sir-asrorlarini o'rganganman.

- "Mashal"ga o'tishga qanday sodir bo'lgan?
- 7-sinfda o'qib yurganimda o'sha paytda "Mashal" klubi rahbari bo'lib ishlagan Bahrom Davlatov meni Muborakka olib ketgandilar. Dastlab klub akademiyasida o'qidim. Keyinroq birinchi ligadagi jamoa sharafini himoya qilganman. So'ngra oliy ligada maydonga tushganman. Oliy ligadagi debyutim 16 yoshimda sodir bo'lgan. 2012 yil "Paxtakor"ga qarshi Mubrakdagi bahsda maydonga tushganim yodimda. O'sha uchrashuvda 0:3 hisobida yutqazgandik.


- Nega "Lokomotiv"ga o'tgansiz?
- "Lokomotiv" klubi vakillari menga shartnoma taklif qilishgandi. Biroy "Mashal" bilan amaldagi shartnomam bor edi. "Temiryo'lchilar" transferim uchun qancha to'lashganini bilmayman. Buni rahbarlardan so'rash kerak. O'zimni kuchliroq klubda sinab ko'rish niyatida Toshkentga kelgandim.

- Ammo jamoada ko'p ham maydonga tushmadingiz...
- To'g'ri. Sababi jamoada raqobat juda kuchli edi. Men esa yosh edim. Ammo kuchli futbolchilar bilan shug'ullanib tajribamni oshirib borgandim. Hakim Fuzaylov jamoadan ketgach "Neftchi"ga o'tgandim. Farg'onaga Murod Ismoilov va Aleksey Evstafeev chaqirishgandi. Aynan "Neftchi" safida oliy ligada asosiy tarkibning futbolchisi sifatida o'ynay boshladim. Jamoa safida ko'plab o'yinlarda ishtirok etdim.

- Nima uchun "Neftchi"ni tark etdingiz?
- 2016 yil avvalida Farg'ona klubi rahbariyati bilan kelisha olmadim va "Buxoro"ga o'tgandim. Davralar oralig'ida "Neftchi"da yana rahbariyat o'zgardi. Murabbiylar meni yana ortga qaytarishdi. Jamoaga yordam berish maqsadida Farg'onaga qaytdim.

- "Mashal"ga qaytish qanday sodir bo'ldi?

- Bu yil boshida esa Aleksandr Xomyakov va Ilhom Qurbonov menga jiddiy taklif bilan chiqishdi. Xomyakov men bilan oldin ham ishlgandi. "Mashal"ning birinchi ligadagi jamoasida aynan u menga ustozlik qilgandi va imkoniyatlarimni bilardi. O'tgan yillarda ham Muborak klubidan takliflar bo'lardi, ammo boshqa klublar bilan shartnomam borligi uchun kela olmagandim. Nihoyat bu yil "gazchilar" safiga qaytdim.

- Bir kun kelib yana "Mashal"ga qaytaman deb o'ylaganmidingiz?
- Ketayotganda albatta baribir qachondir qaytaman deb o'ylagandim. Katta futbolga aynan shu klubda kirib kelganman desam bo'ladi. SHu bois yoshligimda bu klubni tark etayotganimda "Mashal"da yana o'ynashimga ishonganman.

- "Mashal"da siz bilan birga o'ynaganlardan qaysi futbolchilar hamon shu klubda faoliyat olib borishmoqda?
- Yoshlikda birga o'ynaganlardan Abbos SHodmonov hozir ham shu erda. Bundan tashqari SHahzod SHaymanov ham "Mashal"da o'ynamoqda. Dilyaver Vaniev esa hozirda murabbiylar shtabida faoliyat yuritmoqda.

- Bu yil mavsum boshlanmasidan oldin “Mashal”ni bir qator tajribali futbolchilar tark etishdi. Jamoa yangi kelgan yosh futbolchilar bilan natijaga erishmoqda...

- Sababi jamoaga men singari yangi kelgan futbolchilar o'zlarini ko'rsatishga urinishmoqda. Bundan tashqari barcha o'yinchilar juda ahil. Murabbiyning ko'rsatmalarini to'g'ri bajarayapmiz va bu samarasini bermoqda.

- Aleksandr Xomyakovga qanday tarif berasiz?
- Xomyakov juda qattiqqo'l murabbiy. U faqat mashg'ulot va o'yin paytida shunday jiddiy. Hayotda esa juda hazilkash odam va xuddi do'stlar kabi suhbatlashish mumkin. Ko'ngli ochiq va samimiy inson.

- Ushbu mavsum “Mashal” oldiga qanday vazifa qo'yilgan?
- Rahbariyat jamoa oldiga kuchli to'rtlikka kirish vazifasini qo'ygan. Bunga erisha olamizmi? Bu futbol, demak erishsa bo'ladi. Agar hozirgidek yaxshi natijalarga erishib tursak mavsum oxirida bu vazifani bajara olamiz deb o'ylayman.

- "Mashal" o'z maydonida "Paxtakor"ni 3:0 hisobida, "Bunyodkor"ni 1:0 hisobida taslim qildi. Bu o'yinlarga alohida tayyorgarlik ko'rildimi?

- "Paxtakor" va "Bunyodkor" O'zbekistonning kuchli klublari hisoblanadi. Ammo biz har bir o'yinga bir xil tayyorgarlik ko'ramiz. Har bir bahsga xuddi oxirgi o'yinimizdek tushamiz. Murabbiylar bizni uchrashuvlarga ham ruhan, ham jismonan tayyorlashadi. Kuchli raqiblarni mag'lub etish orqali futbolchilarda o'z kuchlariga bo'lgan ishonch ortib boradi.

- "Mashal" safida penaltilarni tepayapsiz. Oldin sizni 11 metrli jarima to'plari tepganingizni ko'rmasdik.
- To'g'ri klublar safida penalti tepmasdim, ammo o'smirlar va yoshlar terma jamoalarida penalti tepib turardim. Mashg'ulotlarda zarba ustida mashq qilamiz. Murabbiylar menga ishonishmoqda. Klubda shtatli penaltichilar Zafar To'raev va men. Agar To'raev maydonda yo'q bo'lsa, men tepaman. Bazi hollarda Zafar To'raevning o'zi penaltini menga ishonmoqda.



- Terma jamoalar haqida o'zingiz so'z ochdingiz. O'smirlar va yoshlar terma jamoalari safida Osiyo va Jahon chempionatlarida ishtirok etib qaytgansiz. Ammo milliy terma jamoada hozirgacha sizni ko'rmaganmiz...
- Savolingizni tushundim. Milliy terma jamoa eshiklari barcha uchun ochiq. Agar klubimda yaxshi harakat qilib barqaror o'yin namoyish etsam albatta terma jamoa murabbiylari menga etibor qaratishadi va chaqiruv olaman.  Hozircha bor etiborim "Mashal"dagi faoliyatimga qaratilgan.

- Agar qaysidir xatoni to'g'rilash imkoni bo'lganida futbolda yo'l qo'ygan qaysi xatoni to'g'rilagan bo'lardingiz?
- 2015 yil ikkinchi davrada Farg'onada kechgan "Neftchi" - "Lokomotiv" uchrashuvidagi xatoimni to'g'rilagan bo'lardim. O'sha bahs 1:1 hisobida davom etayotganida  81-daqiqada to'pni o'z jarimam yonida egallab tepib yuborish o'rniga raqibni aldashga uringandim. Oqibatda "Lokomotiv" gol urib yutib ketgandi. O'shanda mening aybim bilan mag'lub bo'lgandik.

- O'zingiz bilan birga o'ynagan eng kuchli uch futbolchini sanab bering.
- Qiyin savol. Faqat uch futbolchini tanlash juda qiyin. Akmal Xolmatov, Islom To'xtaxo'jaev va Jasur aka Hasanov.

- OAV orqali kimlarga rahmat aytmoqchisiz?
- Avvalo ota-onamga rahmat aytaman. Bundan tashqari shu darajaga etishimda o'z xissasini qo'shgan barcha murabbiylarga minnatdorchilik bildiraman. Ularning hech birini alohida ajratmayman. Barcha menga yordam bergan va ularga doim rahmat aytib kelaman .

Narzulla Saydullaev suhbatlashdi

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика