So’nggi yangiliklar

02:00КЖЧ. "Интер" ва "Урава Ред Даймондс" ўртасидаги ўйин тақдирини 90+2 дақиқада урилган гол ҳал қилди  20 00:03"Арсенал" бир сабабга кўра "Реал"дан Родригони сотиб ололмаслиги мумкин  2 23:11КЖЧ. "Боруссия Дортмунд" ва "Мамелоди Сандаунз" ўртасидаги ўйинда еттита гол урилди  0 22:43Фоден мураббий бўлишни хоҳлайди  1 22:03Суперлига. "Навбаҳор" Наманганда ОКМКни йирик ҳисобда мағлуб этди ва жадвалдаги очколар фарқини қисқартириб олди  83 21:38"Милан" ёш испан футболчисини ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 20:48"Барселона" чемпионлик учун қанча мукофот пули тўлаши маълум бўлди  17 20:18Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Мамелоди Сандаунс" - "Боруссия" Д. Асосий таркиблар маълум!  1 19:59Про-лига. "ФарДУ" тезкор гол эвазига "Олимпик"ни мағлуб қилди  0 19:23"Реал"га Родри керак  8 18:54"Манчестер Сити" Гвардиолага ўринбосар топиб қўйди  7 18:24Энцо Мареска: "Ўйин услубини ўзгартирамиз"  2 17:53Ислом Исмоилов: "Чили ва Боливия билан ўйинлар жуда керакли тажриба бўлди"  8 17:50Мавсумдаги энг яхши ўртача томошабинлар рейтинги эълон қилинди, Жанубий Америка етакчи, "Барселона" 35-ўринда  13 17:10"Бавария" "Барселона"дан Нико Уильямсни илиб кетишга тайёрланмоқда  2

Sardor Rahmonov: "Farg'onalik muxlislarni xursand etish uchun bor kuchni ishga solamiz" Yangiliklar

Sardor Rahmonov: "Farg'onalik muxlislarni xursand etish uchun bor kuchni ishga solamiz"

Bu yil "Neftchi" o'z tarkibini deyarli yangitdan shakllantirdi.
Xususan mudofaa chizig'ini kuchaytirish maqsadida "Lokomotiv"dan Sardor Rahmonov taklif etildi. 20 yoshli futbolchi kecha "Andijon" - "Neftchi" (0:1) sinov-nazorat bahsida o'ng qanot himoya chizig'ida harakat qildi. Uchrashuvdan so'ng Rahmonovdan intervyu oldik.

- Sardor, vodiy derbisi garchi o'rtoqlik uchrashuvi maqomiga ega bo'lsada, doimo keskin kurashlarga boy tarzda kechadi. Mana bugun siz derbida ilk bor ishtirok etdingiz. Bu xususda nima degan bo'lardingiz?

- Albatta, "Neftchi" - "Andijon" yoki "Navbahor" - "Neftchi" bahslari azaldan murosasiz ruh ostida o'tib kelgan. Bugun ham stadionga kelgan muxlislar qiziqarli o'yin guvoh bo'ldi deb o'ylayman. Har ikki jamoada ham g'alaba qozonish ishtiyoqi kuchli bo'ldi. SHuning evaziga keskin kurash kechdi. CHempionat boshlanishiga ham tobora oz fursat qolmoqda. Rasmiy o'yinlar starti oldidan o'z kuchimizni yana bir bor chamalab oldik.

- Jamoangiz bugun yagona avtogol hisobiga g'alaba qozondi. Aytingchi "Neftchi" o'z o'yinini to'liq namoyish etdimi yoki...?
- Yo'q, men unday demagan bo'lardim. Yurtimizda futbol mavsumi endi boshlanadi. SHu bois ayni paytda hech qaysi jamoa 100 tayyor xolatda deb bo'lmaydi. Bunga ozgina vaqt kerak yana. Qolaversa o'zingizga yaxshi malum "Neftchi" tarkibi bu yil yangitdan shakllantirildi. SHuni ham unutmaslik lozim. Mana bugun ko'rgan bo'lsangiz o'yinimiz yaxshi qovushdi.

- Turkiyada bo'lib o'tgan yig'in to'g'risida qanday fikrdasiz?
- Xorij yig'ini mobaynida rejadagi barcha yumushlarni bajardik deb o'ylayman. Mashg'ulotlarda astoydil ter to'kdik. Afsuski sinov-nazorat bahslarining barchasida imkoniyatni boy berdik. Bunga tarkibni yangitdan tuzilayotgani ham o'z tasirini o'tkazmay qolmadi. Futbolchilar bir-birlari bilan tushunib olishlari uchun malum bir fursat kerak bo'ladi. Muhimi chempionat o'yinlarida yutqazmaslik.

- Bugun himoya chizig'ida Kleckov, Melziddinov hamda Ermatov singari mahoratli o'yinchilar birga harakat qildingiz. Ular bilan bir safda o'ynash ham siz kabi yoshlarga biroz engilroq bo'lishi turgan gap. Fikrimizga qo'shilasizmi?

- Albatta. Siz aytib o'tgan o'yinchilarda xalqaro tajriba ham etarlicha. Maydonda ularning menga yo'l-yo'riq ko'rsatib turishishi ham qo'shimcha kuch bag'ishlaydi.

- Yangi jamoa va yangi muhitga moslashib olish jarayonini qanday o'tkazyapsiz. Bu borada sizga kim yaqindan yordam bermoqda?

- "Neftchi"da ichki muhit alo darajada. SHuning uchun ham yangi futbolchilar qisqa fursat ichida bir-birlari bilan chiqishib keta oldi. Men ham bu erga kelishimdan oldin tarkibdagi ko'plab o'yinchilarni oldindan bilardim. "Neftchi"ga moslashib olishimda kimnidir alohida ajratib ko'rsatmoqchi emasman. Hammaning yordami bo'lyapti.

- Farg'onaliklar muxlislar juda talabchan bo'lishadi. Ularga nima degan bo'lardingiz?
- Ha, ularni talabchan ekanligini oldindan bilaman. SHu bois buni juda yaxshi his etib turibmiz. Nasib qilsa jamoamiz muxlislarini mazmunli va hujumkor o'yinlar bilan xursand etib, ularni ishonchini oqlash uchun bor kuchni ishga solamiz.

- Hozirgi tarkibdan kelib chiqib aytingchi, "Neftchi" chempionatda nechanchi o'rin uchun davogarlik qilishi mumkin?
- Maqsadimiz yuqori o'rinlardan birini band etish. Boshqacha aytganda kuchli beshlikdan pastlamaslik.

Islombek RUSTAMBEKOV suhbatlashdi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика